De Bryuynening “Siti”da qolishini rahbariyat istamagani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
19 aprel 2524 1 daqiqa
Belgiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening jamoada qolishiga klub rahbariyati qarshilik qilgani aytilmoqda. Bu haqda “Football transfers” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchi “shaharliklar” safida qolishni istagan, lekin klub rahbariyati futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmasligini ma’lum qilgan. De Bryuynening o‘zi “Manchester Siti”da hali 2-3 yil yaxshi mavsum to‘p tepa olishiga ishongan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Kevin De Bryuyne “Manchester Siti” safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 33 yoshli belgiyalik futbolchi klub tarkibida 413 ta o‘yinda maydonga tushib, 106 ta gol urib, 174 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, De Bryuyne “Manchester Siti”dan ketishini e’lon qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr