“Man Siti” 114 ta moliyaviy qoidabuzarlikda aybdor deb topildi – OAV

Sport

−

image

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining (APL) moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Oshkora bayonot berish vakolatiga ega bo‘lmagan anonim manbalarning nashrga ma’lum qilishicha, klub qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Qayd etilishicha, jazo choralari hozircha belgilanmagan – barcha muqobil variantlar ko‘rib chiqilmoqda va “Manchester Siti” apellyatsiya berishi mumkin.

“Jarayon davom etmoqda, oldinda muhim bosqichlar turibdi, surishtiruvning o‘zi esa qat’iy mahfiyligicha qolmoqda. Shu sababli “Manchester Siti”ning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi va klubning 2023 yil fevral oyidagi bayonotiga mos keladi. Klub sakkiz yil davomida APL rahbariyati va ijroiya organlari noxolis ta’sirlardan xoli bo‘lgan mustaqil, xolis va adolatli regulyator sifatida harakat qiladi degan ishonchda belgilangan protseduralarga halollik bilan rioya qildi”, deydi “Manchester Siti” vakili.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning boshida APL 2018 yilda boshlangan surishtiruv natijasida klub City Football Group tomonidan 2008 yilda sotib olinganidan so‘ng yuzdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlaganini xabar qilgan. Liganing e’tirozlari noaniq moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, surishtiruv bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish, jamoani Roberto Manchini boshqargan 2009-2013 yillarda murabbiylar maoshi va mukofot pullarini to‘liq oshkor etmaslik hamda 2013-2018 yillarda “fair play” (halol o‘yin) va moliyaviy barqarorlik qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq. “Manchester Siti” barcha ayblovlarni rad etib kelgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing