Banklar Husanovning jamoasini moliyalaştirişdan boş tortmoqda – OAV
Sport
−
12:40 519 2 daqiqa
Banklar “Mançester Siti”ning transfer operatsiyalarini moliyalaştirişni xohlamayapti. Moliyaviy taşkilotlar Angliya Premer-ligasi klubga moliyaviy qoidalarni buzgani uçun qanday jazo qöllaşini kutişni ma’qul körmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Odatda uşbu banklar “Mançester Siti”ga futbolçi sotadigan klublarga kredit ajratadi. Bu esa sotuvçi jamoalarga transfer tölovlarining katta qismini oldindan oliş imkonini beradi. Biroq moliyaviy taşkilotlar hozirça kutiş pozitsiyasini egallab, vaziyatga oydinlik kiritişni kutmoqda.
“Mançester Siti”ga Angliya Premer-ligasi tomonidan moliyaviy qoidalarni buziş böyiça 115 ta ayblov qöyilgan edi. Uşbu ayblovlar orasida notöğri moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etiş, futbolçilar va murabbiylarga tölovlar bilan boğliq qoidabuzarliklar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik holatlari bor.
“Mançester Siti”ning Angliya Premer-ligasi moliyaviy qoidalarini buziş bilan boğliq işi böyiça apellyatsiyasi dekabr oyi örtalarida körib çiqiladi. Sud majlislari bir neça kun davom etişi mumkin. Işni körib çiqayotgan mustaqil komissiya öz qarorini 2027 yil yanvar oyi boşida e’lon qilişi kutilmoqda.
Apellyatsiya jarayonida mustaqil komissiya iş yuzasidan qaror qabul qiladi. Şundan keyingina klubga nisbatan qöllanişi mumkin bölgan sanksiyalar masalasi hal etiladi. Biroq jazolar qaçondan kuçga kirişi hozirça noma’lum.
Bundan taşqari, sanksiyalar böyiça ham apellyatsiya beriş imkoniyati mavjud. Bu esa işning yakuniy hal etilişi yanada çözilişiga olib kelişi mumkin.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr