“Nikohsiz farzand emasman”. Qodirov otasi haqida
Madaniyat-san’at
−
25 aprel
30988Bir necha kundan beri xonanda Botir Qodirov taniqli san’atkor Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekani haqidagi gap-so‘zlar yana omma e’tiboriga tushdi. Kuni kecha Botir Qodirov va marhum xonandaning o‘g‘illari Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar o‘rtasida otalikni belgilash bo‘yicha birinchi sud ishi bo‘lib o‘tdi. Qodirov sudga kiritgan arizasida Sherali Jo‘rayevning ukasi Halimjon Nurmatov bilan DNK testi ijobiy chiqqani haqida ham ma’lumot kiritgandi. Ammo QALAMPIR.UZ bilan suhbatda Nurmatov ushbu testga bormaganini iddao qildi. Bugun esa xonanda Botir Qodirov ushbu mavzu doirasidagi barcha savollarga javob berdi.
Xonanda intervyuda:
• Sherali Jo‘rayev shubhasiz uning otasi ekani;
• u 20 yoshga to‘lgunga qadar ota-bola juda ko‘p bordi-keldi qilib turgani;
• tanila boshlaganda u va onasiga tazyiqlar bo‘lgani;
• qo‘lida DNK natijasi va videomaterial borligi;
• nega familiyasini o‘zgartirgani;
• shuncha vaqt o‘tib bu ishni ko‘tarishdan qanday maqsadi borligi haqida gapirdi.
Botir Qodirov bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube sahifasida tomosha qiling.
LiveBarchasi