Namanganda 5 yaşar qizning zörlanişi böyiça sud boşlanadi

3-sahifa

−

image

Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçada 5 yoşli qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat böyiça qözğatilgan iş 18 noyabr kuni sudda körib çiqiladi. Jabrlanuvçi voyaga yetmagani sababli sud majlisi yopiq tarzda ötkaziladi. Bu haqda Namangan viloyati sudlari xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Norin tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan. Iş doirasida 1974 yilda Uçqörğon tumanida tuğilgan M.K. va boşqa şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Sud ajrimiga asosan, işni körib çiqiş 18 noyabr kuniga belgilangan. Jabrlanuvçi voyaga yetmagan şaxs bölgani uçun sud muhokamasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasida belgilangan tartibda, ya’ni yopiq sud majlisida ötkaziladi.

Sud jarayoni yakunlanganidan söng iş böyiça qöşimça ma’lumotlar qonunçilikda belgilangan tartibda taqdim etilişi ma’lum qilindi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgangandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritgandi. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgandi.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qizçani zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing