OpenAI Apple’ga jiddiy ayblov qöydi

Olam

−

visibility280 timer3 daqiqa

image

OpenAI kompaniyasi Apple ustidan sudga qarşi da’vo kiritib, uni maxfiy tijorat ma’lumotlarini qölga kiritiş va kelajakdagi sun’iy intellekt qurilmalari uçun hamkorlik qilayotgan yetkazib beruvçilarga bosim ötkazişda aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, OpenAI 27 noyabr kuni Kaliforniya federal sudiga murojaat qilgan. Kompaniya Apple’ning xodimlarni işga qabul qiliş amaliyoti orqali raqobatçilar texnologiyasi ustida işlaşga tösqinlik qilayotganini bildirgan. Sudga taqdim etilgan hujjatlarda OpenAI özining sun’iy intellekt asosida işlaydigan şaxsiy elektron qurilmalarini işlab çiqayotgani va bu mahsulotlar Apple bilan bevosita raqobatlaşişi mumkinligini qayd etgan.

Kompaniya da’vosiga köra, Apple avval OpenAI’da 6 oy işlagan sobiq xodimini qayta işga qabul qilgan. Uşbu davrda xodim yangi qurilma haqidagi maxfiy ma’lumotlar hamda OpenAI’ning kelajakdagi apparat mahsulotlari böyiça rejalari bilan tanişiş imkoniga ega bölgan. OpenAI bu holat maxfiy hujjatlarni qölga kiritiş maqsadida amalga oşirilgan bölişi mumkinligini ta’kidlagan.

Apple esa OpenAI’ning ayblovlarini rad etib, sobiq xodimni qayta işga oliş orqali kompaniyaning maxfiy ma’lumotlariga ega bölişga uringanini inkor qilgan. Şuningdek, Apple OpenAI’ning qarşi da’volarini öziga nisbatan qözğatilgan sud işining mohiyatidan e’tiborni çalğitişga qaratilgan uriniş deb atagan.

Ikki kompaniya örtasidagi kelişmovçilik avvalroq boşlangan. Jumladan, joriy yil iyul oyida Apple OpenAI hamda uning sobiq xodimlari Tan Tan va Çang Lyuni kompaniyaning tijorat sirlarini özlaştirişda ayblab, sudga bergan edi. Apple ular sobiq iş joyidagi maxfiy ma’lumotlardan OpenAI’ning iste’molçilar uçun möljallangan qurilmalarini işlab çiqişda foydalanganini da’vo qilgan. OpenAI esa bu ayblovlarni rad etgan.

Ma’lum qilinişiça, Tan Apple kompaniyasida 24 yil işlagan va iPhone hamda Apple Watch mahsulotlari dizayni böyiça vitse-prezident lavozimini egallagan. U 2025 yilda OpenAI tomonidan sotib olingan io Products sun’iy intellekt qurilmalari startapini taşkil etgan jamoa tarkibida bölgan.

OpenAI, şuningdek, Apple sobiq xodimlarini şaxsiy qurilmalari va akkauntlaridan iş faoliyatida foydalanişga undagani, keyin esa ular boşqa kompaniyaga ötganda şaxsiy va işga oid ma’lumotlarni ajratişga tösqinlik qilganini bildirgan. Kompaniya Apple sobiq xodimlarning şaxsiy qurilmalari va akkauntlariga ular işdan ketganidan keyin ham kiriş imkoniyatini saqlab qolişini ta’kidlamoqda.

OpenAI ma’lumotlariga köra, hozirgaça Apple’ning 400 nafar xodimi uşbu kompaniyaga işga ötgan. Kompaniya Apple boşqa xodimlarning ham raqobatçilarga ötişdan çöçitişga harakat qilayotganini da’vo qilmoqda.

Şu tariqa, sun’iy intellekt qurilmalarini işlab çiqiş va texnologiya sohasidagi mutaxassislar uçun raqobat ikki yirik kompaniya örtasidagi sud nizosini yanada keskinlaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning sakkizta ştati sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvçi OpenAI kompaniyasi ustidan sudga da’vo kiritganligi haqida xabar berilgan edi. Bunga sabab, kompaniya iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunlarni buzgan va ChatGPT xavfsizligi haqida jamoatçilikni çalğitgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing