ChatGPT’da ovozdan matn yaratiş imkoniyati yangilandi
Olam
−
16:30 177 2 daqiqa
OpenAI ChatGPT’ga foydalanuvçi nutqini real vaqt rejimida matnga aylantiriş imkonini beruvçi Live Dictation funksiyasini qöşdi. Yangi funksiya orqali foydalanuvçi gapirayotgan vaqtdayoq uning sözlari ekranda matn körinişida paydo böladi. Bu haqda “The Verge” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, avval ChatGPT ovozli sörovlarni faqat yozib oliş jarayoni tugaganidan keyin matnga aylantirardi. Endi esa nutq jarayonining özida transkripsiya amalga oşiriladi. Funksiyadan foydalaniş uçun ovoz yoziş oynasidagi tölqin belgisini bosiş kifoya. Yozuv yakunlangaç, hosil bölgan matnni yuborişdan oldin tahrirlaş ham mumkin.
Şuningdek, OpenAI bitta ovozli yozuv uçun belgilangan 10 daqiqalik çeklovni olib taşladi. Kompaniya yangi funksiya işonçliligi ham oşirilganini ta’kidlamoqda. Live Dictation hozirda dunyo böylab ChatGPT’ning barça tarif rejalaridagi foydalanuvçilar uçun taqdim etilmoqda. Funksiya veb-versiya, kompyuter dasturi, şuningdek, iOS va Android qurilmalarida işlaydi.
Bundan taşqari, ChatGPT’da uçraşuvlar va audio qaydlarni transkripsiya qiliş uçun möljallangan alohida yozib oliş rejimi ham mavjud. Biroq, uşbu rejim hozirça beta-versiyada bölib, faqat Plus, Pro, Business, Enterprise va Edu tariflari foydalanuvçilari uçun oçiq.
Ma’lumot uçun, joriy yil boşida OpenAI ChatGPT’ning ovozli rejimini jonli muloqot uçun qayta işlab çiqqan edi. Oktyabr oyida esa ChatGPT ovozli rejimi yana oltita yangi tilni qöllab-quvvatlay boşlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ChatGPT şaxsiy suhbatlarni PIN-kod bilan qulflaş imkoniyatini taqdim etganganligi haqida xabar berilgan edi. “Locked chats” deb nomlangan funksiya foydalanuvçilarga bosqiçma-bosqiç taqdim etilmoqda.
Live
Barchasi