Keniyada yuzlab bolalarni oçlikdan öldirgan erkak 200 yilga qamaldi

Olam

−

image

Keniyada 191 kişining, jumladan, 190 nafar bolaning oçlikdan ölimiga sabab bölgan diniy sekta rahbari Pol Makkenzi 200 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, sud Makkenzini qotillikda aybdor deb topib, uşbu jinoyat uçun 100 yil, odamlarni oçlikdan ölimga olib kelgan jinoyatlari uçun yana 100 yil qamoq jazosi tayinlagan.

Tergov ma’lumotlariga köra, Makkenzi va uning 28 nafar şerigi sekta a’zolariga farzandlarini oçlikdan öldirişni buyurgan. Ular bolalar şu yöl bilan Iso Masih bilan uçraşişiga işontirilgan. Mazkur voqea dunyodagi eng köp qurbonlarga sabab bölgan diniy oqimlar bilan boğliq fojialardan biri sifatida qayd etilgan.

Sudya Diana Moçaçe Makkenzi jinoyatlarda asosiy jinoiy javobgarlikni öz zimmasiga olişini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, tayinlangan jazo bunday vahşiy jinoyatlar qonun doirasida eng qat’iy çoralar bilan jazolanişini körsatuvçi aniq signal.

Özini pastor deb atagan Makkenzi 2023 yilda Keniya sohillari yaqinidagi Şakaxola örmonidan 400 dan ortiq jasad topilganidan söng hibsga olingan. Sud-tibbiy ekspertizasi natijalariga köra, qurbonlarning aksariyati oçlik va holdan toyiş oqibatida vafot etgan. Ayrimlar esa böğiliş, böyin siqilişi yoki boşidan olgan jarohatlari sabab halok bölgan.

Ayrim jasadlarning çirib ketgani sababli ölim sababini aniqlaş imkoni bölmagan. Qutqarilgan ayrim jabrlanuvçilar esa oğir holdan toyiş oqibatida köp ötmay vafot etgan.

Qayd etilişiça, Makkenziga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida odam ölimiga sabab böliş va terrorizm bilan boğliq alohida ayblovlar ham qöyilgan. U öziga nisbatan bildirilgan ayblovlarni tan olmayapti.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing