Amaldorlar rossiyaliklarni ko‘proq farzand ko‘rishi uchun rag‘batlantirishi kerak – Putin
Olam
−
25 aprel
5161Rossiya hukumatining barcha a’zolari Rossiyadagi demografik vaziyatni yaxshilashda ishtirok etishi kerak. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Butunrossiya demografik konferensiyasidagi murojaatida aytib o‘tdi.
"Yosh avlodni katta, do‘stona oila qadriyatlari ruhida tarbiyalash muhim. Ko‘p farzandli bo‘lish davlatning ishonchli rivojlanishi va jamiyatning ma’naviy farovonligining asosiy shartlaridan biridir. Demografik vaziyatni yaxshilash, tug‘ilish va ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor milliy vazifadir. Bu ishga rasmiylardan tashqari fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’limdan tortib turli yo‘nalishdagi loyihalar ham jalb etilishi kerak", degan u.
Rossiya yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat aholisining tabiiy qisqarishini 6 yil ichida to‘xtatish uchun byudjetdan 4 trillion rubl sarflangan bo‘lsa-da, aholi soni kamayishda davom etmoqda: 2018 – 23 yillarda o‘limning tug‘ilish darajasidan oshib ketishi oqibatida Rossiya yana 3,4 million kishini yo‘qotgan. 2023 yil oxirida Rossiyada 1,264 million bola tug‘ilgan, bu 99-yildan beri kuzatilgan minimal ko‘rsatkichdir. Ayni paytda 2014 yilga nisbatan tug‘ilish ko‘rsatkichi uchdan bir barobarga kamaygan.
"Agar anneksiya qilingan Qrim va Chechenistonni statistik ma’lumotlardan chiqarib tashlasak, o‘tgan yilda Rossiyada tug‘ilgan bolalar soni 1,215 million nafardir. Bu butun zamonaviy tarixdagi antirekord", degan Putin.
LiveBarchasi