Putin bilan Turkiyada muzokara ötkazişga tayyorman – Zelenskiy
Olam
−
14:16 941 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Turkiyada muzokara ötkazişga rozi. U bu haqda CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Zelenskiy 31 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning taklifi bilan Istanbulga borgan. Bu ikki davlat rahbarining sönggi tört oy davomidagi uçinçi uçraşuvi böldi. Muloqot çoğida Turkiyada Ukraina, Rossiya va Turkiya iştirokida uç tomonlama muzokara ötkaziş imkoniyati ham muhokama qilingan. Zelenskiy bunday taşabbusni ma’qullaşini bildirib, Anqara uçraşuvni taşkil etişga muvaffaq bölsa, bundan mamnun bölişini aytgan.
“Rossiya bilan uruş yakunlanişi kerak. Turkiyaning vositaçilik qilişiga umid qilaman. Putin bilan Turkiyada uçraşişga tayyorman”, deydi Ukraina Prezidenti.
Energetik sulh va Qora dengizdagi xavfsizlik
Erdöğan bilan muzokaralarda qiş mavsumi yaqinlaşib kelayotgani va Rossiyaning ballistik raketalar bilan hujumlari davom etayotgani inobatga olinib, energetik sulh masalasi ham kötarilgan. Şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, Qora dengizda kemalar harakatini xavfsiz ta’minlaş va savdoni erkinlaştiriş böyiça fikr almaşilgan.
Zelenskiy 2022 yilda Qora dengiz orqali don taşiş yölagini oçişda Erdöğanning hissasini alohida e’tirof etgan. Öşa paytda Rossiya Ukraina portlarini blokada qilgan şaroitda kelişuv ğallani Afrika va oziq-ovqatga ehtiyoj sezayotgan boşqa mamlakatlarga yetkaziş imkonini bergan.
“Ukrainasiz uning taqdirini hal qilib bölmaydi. Suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizni ham Ukrainasiz muhokama qiliş mumkin emas. Köplab yetakçilar avval ham Ukraina taqdirini bizsiz hal qilişga uringan, biroq heç biri natija bermagan. Kelişuvga erişiş uçun urişayotgan tomonlarning özi muzokara stolida bölişi kerak”, deydi Zelenskiy.
Şuningdek, u Rossiya Ukraina hududini uç kun içida egallaşni rejalaştirgan bölsa-da, qariyb beş yildan beri bu maqsadiga erişa olmaganini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Turkiya yetakçisi Rajab Toyib Erdöğan bilan muzokara ötkaziş uçun Istanbulga borgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr