Zelenskiy Istanbulga bordi (video)

Olam

−

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya yetakçisi Rajab Toyib Erdöğan bilan muzokara ötkaziş uçun Istanbulga bordi. Bu haqda Zelenskiy özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Jamoamiz bilan Istanbulga yetib keldik. Oldinda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan muhim muzokaralar kutib turibdi”, deb yozdi Zelenskiy.

Ukraina yetakçisining sözlariga köra, muzokaralar Ukraina aholisini himoya qilişni mustahkamlaş, Turkiya bilan davlatlararo şeriklikni rivojlantiriş va real diplomatik istiqbollarni izlaşga qaratilgan.

“Qora dengizda kemalar qatnoviga oid muhim masalalar bor”, deydi u.

Zelenskiy, şuningdek, Batriarx Varfolomey bilan uçraşuv rejalaştirilganini ma’lum qildi.

“Ukraina bilan birga bölgan barçaga minnatdorlik bildiraman”, deya qöşimça qilgan u.

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Burhoniddin Duran Zelenskiy Erdöğanning taklifiga binoan 31 oktyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif bilan kelişini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, Istanbuldagi muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalarni, eng avvalo, Rossiya-Ukraina mojarosi hamda Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik vaziyatini muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing