Tramp, Putin va Si Szinpin istasa, uruş bitta uçraşuvda tugaşi mumkin – Zelenskiy

Olam

−

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQŞ, Rossiya va Xitoy rahbarlari xohlasa, Ukrainadagi uruşni bitta uçraşuvdayoq yakunlaş mumkinligini aytdi. Uning fikriça, AQŞ va Xitoy Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etsa yoki bunday çoralar bilan tahdid qilsa, Moskva uruşni töxtatişga majbur böladi. Bu haqda Zelenskiy NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti uşbu fikrlarni bugun, 19 noyabr kuni Xitoyning Şençjen şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan AQŞ, Rossiya va Xitoy prezidentlarining uç tomonlama sammiti oldidan bildirgan.

Zelenskiyning aytişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiyaga bosim ötkaziş uçun yetarli imkoniyatga ega. Agar ular bu imkoniyatdan foydalanmasa, bu ikki davlat rahbari uruşning tugaşini aslida istamayotganini körsatişi mumkin.

Jurnalist Zelenskiydan agar u uç davlat rahbari bilan birga muzokarada qatnaşiş imkoniga ega bölganida, ularga nima degan bölişini söragan.

“Ular bitta uçraşuvning özida Putinni töxtatiş uçun yetarli kuçga ega“, deya javob bergan Ukraina rahbari.

Şu bilan birga, Zelenskiy Ukraina taqdiriga oid qarorlar mamlakatning özi iştirokisiz qabul qilinmasligi kerakligini ta’kidlagan. U bu pozitsiyani Telegram-kanalidagi postida ham takrorlagan.

“Ukraina masalalari Ukrainaning iştirokida, Yevropa masalalari esa Yevropaning iştirokida hal qilinişi kerak“, deb yozgan u.

Zelenskiyning ma’lum qilişiça, ertaga, 20 noyabr kuni AQŞ vakillari Berlinda ötkaziladigan uçraşuvlarda qatnaşadi. Ular Trampning Xitoydagi muzokaralari haqida Ukraina tomoniga ma’lumot beradi. Ukraina Prezidentining aytişiça, Vaşington hozirda muzokaralarda Yevropaning ham töliq iştirok etişini qöllab-quvvatlamoqda.

20 noyabr kuni Berlinda Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan davlatlar koalitsiyasi ham yiğiladi. Zelenskiyning sözlariga köra, uçraşuvda Ukraina mudofaasi va energetika sohalariga yordam beriş böyiça yangi paketlar tayyorlanmoqda.

U, şuningdek, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning Ukrainaga muvofiqlaştirilgan moliyaviy yordam körsatiş mexanizmini yaratiş taklifini qöllab-quvvatlagan. Uşbu reja doirasida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 45 milliard yevrogaça (52 milliard dollar) yordam ajratişi mumkin.

Zelenskiyning aytişiça, bu mablağlar avvaldan rejalaştirilgan yordamga qöşimça böladi hamda 2027 yilda Ukraina byudjeti va mudofaa ehtiyojlarining katta qismini qoplaşga xizmat qiladi. U Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi Kengaşini rejani imkon qadar tezroq tasdiqlaşga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, keça, 18 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şençjendagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti mehmonlari uçun uyuştirilgan ziyofatga borgan edi va qöl berib körişgandi. Tadbir mezboni sifatida ularni Xitoy yetakçisi Si Szinpin qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing