Zelenskiy Abu-Dabidagi muzokaralarda kelişmovçilik çiqqanini aytdi

Olam

−

image

Abu-Dabidagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi “Ukraina nazorati ostida qolayotgan Donbass hududlarini egallangan” deb atagan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqot çoğida söz oçdi. Bayonot matni bugun, 11 noyabr kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.  

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina muzokaralar guruhi bu haqda unga uçraşuvlar yakunlari böyiça ikkinçi hisobotda ma’lum qilgan. Uning aytişiça, Rossiya harbiylari va razvedka vakillari uşbu hududlar ustidan nazorat haqida jiddiy ravişda gapirgan.

“Bizning jamoa ularga şunday dedi: “Biz bunday narsalarni qanday qilib umuman gapirişingiz mumkinligini tuşunmayapmiz. Bizda uşbu hududlar bizning nazoratimiz ostida ekanini isbotlovçi videoyozuvlar, fotosuratlar va boşqa dalillar bor”, deydi Zelenskiy.

U, şuningdek, Moskva Vaşingtonni Ukraina şarqini bir-ikki oy içida töliq egallaş qobiliyatiga ega ekaniga işontirayotgan bölişi mumkinligi haqidagi fikrini bildirgan.

“Men ham unga Rossiyani töliq okkupatsiya qilganim tasvirlangan rasm çizib berişim mumkin. Lekin bu haqiqat emas-ku”, deydi u.

Şu bilan birga, Zelenskiyning aytişiça, Amerika tomoni jang maydonidagi vaziyat böyiça Ukraina bergan bahoni tasdiqlagan.

Uşbu fonda u yana bir bor yetakçilar darajasidagi muzokaralar zarurligini e’lon qilgan. Zelenskiy murakkab masalalarga misol tariqasida Xerson viloyatidagi vaziyatni keltirgan: u yerda tomonlar pozitsiyasini Dnepr ajratib turadi.

“Rossiyaliklar bir qirğoqni nazorat qilmoqda, biz esa boşqasini. Lekin odamlar ikkala qirğoqda ham birga yaşaşni xohlaşadi. Bu Ukraina şahri. Bunday masalalar nozik, ammo biz ular haqida gapirişimiz kerak”, deya qayd etgan u.

Zelenskiyning qöşimça qilişiça, muzokaralar guruhlari yetakçilar uçraşuvi ötkaziş imkoniyatini muhokama qilişi mumkin. 

“Rossiya tayyor ekaniga işonçim komil emas, lekin biz bu masalani kötarib çiqamiz”, deydi u.

Eslatib ötamiz keça, 10 noyabr kuni yopiq formatda AQŞ vositaçiligida Rossiya, Ukraina va AQŞning 4,5 soat davom etgan uç tomonlama muzokaralarining birinçi kuni bölib ötgan edi. Amerika tomonidan Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kuşner, Rossiya tomonidan Prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy, Ukraina tomonidan esa Taşqi qidiruv xizmati rahbari Rustam Umarov vakillik qilmoqda.

Muzokaralarning asosiy mavzulari qatorida harbiy harakatlarni töxtatiş, xavfsizlik kafolatlari, Ukrainani qayta tiklaş va gumanitar masalalar örin olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing