Zelenskiy Ispaniyadan elektr stansiyalarini ta’mirlaşda yordam söradi
Olam
−
11:21 321 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi barça elektr stansiyalari u yoki bu darajada şikastlanganini ma’lum qildi. U Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlaridan elektr stansiyalarini ta’mirlaş uçun zarur uskunalar yetkazib berişda yordam söradi. Bu haqda Zelenskiy 30-Ibero-Amerika sammiti iştirokçilariga yöllagan murojaatida aytdi.
Qayd etilişiça, Ukraina transformatorlar, kabellar, zamonaviy elektr uskunalari hamda dizel va gaz generatorlariga muhtoj. Zelenskiy esa Lotin Amerikasi davlatlari va Ispaniyani bu uskunalarni zudlik bilan yetkazib berişga yordam berişga çaqirgan.
Uning bayonoti mamlakatda elektr ta’minoti bilan boğliq vaziyat keskinlaşgan bir paytda yangragan. “Ukrinform” xabariga köra, bugun, 6 noyabr kuni Kiyevda deyarli töliq elektr uzilişi kuzatilgan. Şaharning Dnepr daryosining öng sohilidagi ayrim tumanlarida favqulodda elektr uzilişlari joriy etilgan.
Avvalroq, 3 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berilganini bildirgan. Vazirlik ma’lumotiga köra, Vinnitsa, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlaridagi, Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari hamda Qurolli kuçlari bölinmalarini elektr bilan ta’minlaydigan ob’ektlar nişonga olingan. Jumladan, Ladijin, Krivoy Rog, Dnepr va Xarkov issiqlik elektr stansiyalari, şuningdek, Zmiyevskaya va Losevo elektr podstansiyalariga zarba berilgan.
Şu kuni Kiyevdagi uçta metro yönalişi ham texnik sabablarga köra faoliyatini töxtatgan. DTEK energetika kompaniyasi esa Kiyev, Kiyev va Dnepropetrovsk viloyatlarida favqulodda elektr uzilişlari boşlanganini ma’lum qilgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçko şahardagi elektr ta’minoti bilan boğliq vaziyatni öta murakkab deb baholagan. “Ukrenergo” avariyaviy öçirişlarni joriy etgan, energetiklar elektr ta’minotini tiklaş ustida işlagan.
Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligi bugun, 6 noyabrga ötar keçasi Dnepropetrovsk viloyatidagi elektr podstansiyasiga ham zarba berilganini bildirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukrainaning harbiy va energetika ob’ektlari hamda ular bilan boğliq infratuzilmaga berilayotganini bir neça bor ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning oktyabr oyida Rossiya Ukrainani elektrsiz qoldirişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Öşa vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tuzilgan hujum rejasi Ukraina rasmiylari qöliga tuşgan edi. Hujjatga köra, Rossiya Ukraina energetika tizimiga raketalar, boşqariladigan aviabombalar va dronlar, jumladan, reaktiv dronlar yordamida uç bosqiçda hujum qilişni rejalaştirgan.
Şuningdek, Norvegiya Ukrainaga qiş mavsumida energiya ta’minotini barqaror saqlaş va Rossiya hujumlari oqibatida zarar körgan energetika infratuzilmasini tiklaş uçun qariyb 54 million dollar ajratişini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi