“Dözaxdan çiqqan baqir-çaqir”. Tramp va Netanyaxu janjallaşib qoldi
Olam
−
13:23 1309 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga qarşi harbiy hujumlarni qayta boşlaş masalasida telefonda keskin tortişib qoldi. Suhbatdan xabardor manbalardan biri ikki yetakçi örtasidagi muloqotni “dözaxdan çiqqan baqir-çaqir janjali” deb ta’rifladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, ikki yetakçi hafta oxirida bölib ötgan telefon suhbatida Eronga qarşi hujumlarni qayta boşlaş masalasida keskin kelişmovçilikka borgan.
Isroil Boş vaziri devoni esa Tramp va Netanyaxu bir-biriga baqirgani haqidagi xabarlarni rad etib, suhbat ziddiyatli ruhda ötmaganini bildirgan.
Kelişmovçilikning asosiy sababi – Eron bilan boğliq keyingi harakatlar. Tramp ma’muriyati Tehron bilan kelişuvga erişiş uçun diplomatik imkoniyatlardan foydalanmoqçi. Netanyaxu esa Eron hukumati hokimiyatda qolar ekan, uning yadroviy tahdidini butunlay bartaraf etib bölmaydi, deb hisoblaydi.
“Financial Times” gazetasining joriy yil 10 noyabr kungi xabarida ham arab davlatlari rahbarlari Netanyahuning Eronga qarşi uruşni qayta boşlaş uçun Trampga bosim ötkazayotganidan xavotir olayotgani aytilgan.
Muzokaralardan xabardor diplomatning sözlariga köra, Netanyaxu hujumlarni qayta boşlaşga köndiriş uçun Trampga har kuni qönğiroq qilmoqda. Biroq Oq uy içidagi va taşqarisidagi ayrim şaxslar yangi harbiy operatsiyaning oldini olişga urinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan uruşni yakunlaş böyiça kelişuvga endi ehtiyoj yöqligini bildirgan edi. Şuningdek, Eron bilan muzokaralarni qayta boşlaşga urinayotgan vitse-prezident Jey Di Vensga içki siyosat bilan şuğullanişni topşirgan.
Live
Barchasi