Saddamning soyasidan sargardonlikkaça yoxud 8 yulduzli general “moyka”dan topildi

Tahlil

−

Reklama
0:00

Mansab bilan tobutning egasi bölmaydi, deganlari bor gap. Vaqt odamni ne köylarga solmaydi, deysiz. Mana, Saddam Husayn davrida 17 yil general bölib xizmat qilgan, beş tilni biladigan sobiq uçuvçi Xudur Ahmad Rauf Valining holatiga boqing. Uning hayoti Iroqdagi siyosiy özgarişlar va uruşlardan keyin butunlay özgarib ketdi. Öz davrida minglab askarga buyruq bergan, 36 nafar şaxsiy qöriqçisi bölgan Vali bugun Istanbulda maşina yuvib, polirovka qilib tirikçilik qilmoqda.

Qiziği, bir vaqtlar “yoğli-yoğli” davralarda kattakonlar bilan birga bölgan 60 yoşli sobiq general bugun öz taqdiridan minnatdor. U hozirgi hayotidan nolimaydi, Xudoga hamd aytib, avtomobillarni yuvişda davom etmoqda. Ammo uning bugungi kamtarona turmuşi ortida uruşlar, yöqotişlar, quvğin va butun bir siyosiy tuzumning qulaşi bilan boğliq katta tarix turibdi.

Bugun aynan Saddam Husayn, uning davrida Iroq qanday davlat bölgani, hokimiyat tepasidagi a’yonlar va generallarning taqdiri, 2003 yildan keyin mamlakatda nimalar özgargani hamda nega ayrim iroqliklar hanuz sobiq prezident davrini qömsaşi haqida gaplaşamiz.

Saddam Husayn davrida Iroq

Saddam Husayn 1979–2003 yillarda Iroqni boşqargan va mamlakat tarixida eng uzoq vaqt hokimiyatda qolgan rahbarlardan biri bölgan. U 1937 yil 28 aprelda Iroqning Tikrit şahri yaqinidagi Al-Avja qişloğida tuğilgan. Yoşligidan siyosatga qiziqqan Saddam Arab sotsialistik Baas partiyasiga qöşilib, keyinçalik uşbu siyosiy kuçning yetakçi vakillaridan biriga aylangan.

1968 yilda Baas partiyasi davlat töntarişi orqali hokimiyatni egallaganidan keyin Saddamning siyosiy ta’siri kuçaya boşladi. U öşa paytdagi prezident Ahmad Hasan al-Bakr davrida vitse-prezident lavozimini egalladi. 1979 yil iyul oyida al-Bakr iste’foga çiqqaç, Saddam mamlakat prezidentiga aylandi.

1970 yillarda neft daromadlarining ortişi Iroqda ta’lim, tibbiyot, sanoat va infratuzilma sohalarini rivojlantirişga imkon berdi. Mamlakat mintaqadagi iqtisodiy va harbiy salohiyati yuqori davlatlardan biriga aylandi. Saddam hukumati esa bu qudratni namoyiş etiş bilan birga, mamlakatda markazlaşgan hokimiyat tizimini şakllantirdi.

Davlat xavfsizlik xizmatlari, maxsus xizmatlar va harbiy tuzilmalar siyosiy muxolifatni nazorat qilişda muhim rol öynadi. Saddamga qarşi çiqqanlar ta’qib qilindi, muxolifatga imkon berilmadi. Ayniqsa, kurdlar va şialar aholisiga qarşi amalga oşirilgan zöravonliklar uning boşqaruvi tarixidagi eng oğir sahifalardan bölib qoldi. 1988 yilda Halabja şahrida kimyoviy qurol qöllanişi buning dahşatli misollaridan biridir.

Şunday qilib, taşqi tomondan kuçli köringan Iroqda iqtisodiy rivojlaniş va yirik qurilişlar bilan bir qatorda siyosiy erkinliklar keskin çeklangan edi. Öşa yillarda Vali kabi generallar davlatning harbiy-siyosiy tizimida muhim örin tutgan. Ular nafaqat armiyani boşqargan, balki Saddam hokimiyatining kuçini namoyiş etuvçi qatlam vakillari ham edi.

Saddam Husayn Eron bilan nega uruşdi?

1980 yil 22 sentyabrda Iroq qöşinlari Eronga bostirib kirdi. Ikki mamlakat örtasidagi ziddiyatlar çegara hududlari, strategik suv yöllari va mintaqadagi siyosiy ta’sir uçun kuraş bilan boğliq edi. Bundan taşqari, 1979 yilda Eronda Islom inqilobi yuz berib, Oyatulloh Ruhulloh Xumayniy boşçiligidagi yangi hukumat hokimiyatga kelgan edi. Saddam Husayn bu inqilobning Iroqdagi siyosiy vaziyatga, xususan, mamlakatdagi şia aholisi orasida inqilobiy kayfiyat kuçayişiga ta’siridan ham xavotirda bölgan.

Uruş qariyb sakkiz yil davom etdi. Har ikki mamlakat katta insoniy va iqtisodiy yöqotişlarga uçradi. 1988 yil avgustda sulh kuçga kirdi. Töqnaşuvda tomonlardan heç biri hal qiluvçi ğalabaga erişa olmadi.

Iroqda general bölib xizmat qilgan davrini eslar ekan, Vali Eron bilan uruş uning vatani uçun oğir keçganini aytadi. Uning ta’kidlaşiça, mojaro ortidan maktablar va boşqa ob’ektlar bombardimon qilingan, köplab insonlar halok bölgan. Sobiq general uruş sabablarini izohlar ekan, ikki davlat örtasidagi çegara va suv havzasi böyiça kelişmovçilikni ham tilga oladi.

“Men Kirkukdanman. Iroqda dastlab Saddamning ukasi Vatban Ibrohim al-Hasan bilan işlaganman. Keyin harbiy xizmat vaqti keldi. Maktabni tugatgaç, general böldim. General bölganimdan keyin Eron, Quvayt va Amerika bilan uruşlar böldi. Lekin Eron uruşida bizga nisbatan haqiqatan ham adolatsizlik qilindi. Iroq va Eron çegarasidagi bir kölni Eron: “Bu bizniki”, dedi. Saddam esa: “Yöq, bu bizniki”, deb javob qaytardi. Keyin ular bizni bombardimon qildi. Maktablarimizni bombaladi. Köp odamlarimiz halok böldi. Şundan söng Saddam ular bilan sakkiz yillik uruşga kirişdi”, deydi Vali.

Uning sözlariga köra, uruş yakunida Iroq ğalaba qozongan. Biroq tarixiy ma’lumotlarga köra, 1988 yilda yakunlangan Eron – Iroq uruşida tomonlardan heç biri hal qiluvçi ğalabaga erişmagan.

Qiliçlar ostida qolgan davr: Saddamning ğalaba arkasi

Eron – Iroq uruşidan keyin Saddam Husayn hukumati mamlakatning harbiy qudrati va ğalaba haqidagi tasavvurini me’moriy yodgorliklar orqali ham namoyiş etişga urindi. 1989 yilda Bağdodda oçilgan “Qodisiya qiliçlari” – Saddam davrining eng taniqli inşootlaridan biri. U Eron – Iroq uruşi yakunidan keyin Iroqning ğalabasi sifatida talqin qilingan voqeani nişonlaş uçun qurilgan.

Yodgorlik ikkita ulkan qölning baland kötargan qiliçlaridan taşkil topgan. Ularning ostidan ötuvçi yölak va atrofidagi maydon davlatning harbiy qudratini namoyiş etuvçi ramziy makon sifatida yaratilgan.

Bu şunçaki me’moriy inşoot emas edi. U Saddam hokimiyatining siyosiy mafkurasini ham ifodalardi. Davlat özini uruşda ğalaba qozongan, mintaqada kuçli va xalqaro maydonda mustaqil siyosat yurita oladigan mamlakat sifatida körsatişga intilgan.

Yodgorlik Saddam hokimiyati qulaganidan keyin ham saqlanib qoldi. Çunki siyosiy tuzumni ağdariş mumkin, biroq u qoldirgan barça moddiy izlarni yöqotiş oson emas. Bir vaqtlar harbiy paradlar va davlat tadbirlari bilan boğliq bölgan maydonning vazifasi ham yillar davomida özgardi. 2023 yilda maydon qayta oçilgani uni mutlaqo taşlab qöyilgan joy emasligini körsatadi.

Bugun uşbu inşoot Iroqning murakkab tarixini eslatib turadi: bir vaqtlar hokimiyat qudratini ifodalagan ramz endi mamlakatning ötmişi va buguni örtasidagi boğliqlikni aks ettiradi.

Tugallanmay qolgan masjid

Saddam Husayn davrida boşlangan, ammo töliq yakunlanmagan inşootlardan biri – Bağdoddagi Ar-Rahmon masjidi.

Uning qurilişi 1998 yilda boşlangan. Loyiha böyiça masjid 15 mingga yaqin namozxonni siğdira oladigan, Yaqin Şarqdagi eng yirik diniy majmualardan biri bölişi kerak edi. Ulkan gumbazlar va ular atrofidagi kiçik gumbazlardan iborat me’moriy yeçim ham öziga xos ramziy ma’noga ega edi.

Loyihadagi sakkizliklar 1988 yil 8 avgustda Eron – Iroq uruşida öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuv kuçga kirgan sanani ifodalagan. Şu tariqa masjid arxitekturasiga ham Saddam davridagi harbiy tarix singdirilgan.

Biroq quriliş 2002 yilda töxtatilgan. 2003 yilgi bosqindan keyin esa masjid majmuasi talon-toroj qilingan, quriliş materiallarining bir qismi olib ketilgan. Keyingi yillarda uning ayrim qismlarida juma namozlari öqilgan bölsa-da, inşootning asosiy qismi hamon tugallanmagan holda qolmoqda.

Bu masjid tarixi faqat Saddam davrida boşlangan qurilişning yakunlanmay qolganini emas, balki 2003 yildan keyin Iroqda davlat mulki, siyosiy ta’sir va diniy muassasalar atrofida şakllangan murakkab munosabatlarni ham aks ettiradi.

Saddam davrining yana bir yirik diniy inşooti – Umm al-Ma’orik masjidi. U 2001 yilda qurib bitkazilgan va “Barça janglar onasi” deb nomlangan. Masjidning nomi Saddamning 1991 yilgi Fors körfazi uruşiga nisbatan işlatgan iborasi bilan boğliq. Ar-Rahmon masjididan farqli ravişda, Umm al-Ma’orik masjidining qurilişi Saddam hokimiyati davridayoq yakunlangan.

Şu tariqa Bağdoddagi ayrim inşootlar bir vaqtlar hokimiyatning diniy, harbiy va siyosiy ğoyalarini ifodalagan bölsa, bugun ular Iroqning ötmişi va buguni örtasidagi murakkab munosabatlarni körsatadi.

Iroqning Kirkuk şahrida tuğilgan Xudur Ahmad Rauf Vali Saddam Husayn davrida 17 yil general bölib xizmat qilgan. U sakkiz yulduzli uçuvçi-general bölganini, beşta tilni bilişini aytadi. Sobiq generalning hikoyasiga köra, Saddam hokimiyati ağdarilganidan keyin u öz hayotidan xavotir olib, yaşirinişga majbur bölgan.

Valining aytişiça, u qariyb bir yil davomida yaşirinib yurgan. Keyinçalik AQŞ harbiylari uni topgan va u amerikaliklar bilan hamkorlik qilişga majbur bölgan. Ammo bu ham uning xavfsizligini ta’minlamagan.

Saddam Husayn hokimiyati ağdarildi

2003 yil 20 mart kuni AQŞ va Buyuk Britaniya boşçiligidagi koalitsiya Iroqqa qarşi harbiy amaliyot boşladi. AQŞ Saddam Husayn rejimini ağdariş zaruratini mamlakatda ommaviy qirğin qurollari mavjudligi haqidagi da’volar bilan izohladi. Biroq keyinçalik bunday qurollar borligi haqidagi asosiy da’volar tasdiqlanmadi.

Harbiy amaliyotlar natijasida Bağdod egallandi va Saddam Husayn hokimiyati tugatildi. Sobiq prezident bir neça oy yaşiringanidan keyin, 2003 yil 13 dekabr kuni Tikrit yaqinidagi fermalardan birida AQŞ harbiylari tomonidan qölga olindi.

Saddamning qölga olinişi haqida sobiq general Vali ham öz xotiralari bilan örtoqlaşgan. Uning da’vo qilişiça, sobiq prezidentning yaşiringan joyini öz amakivaççasi oşkor qilgan.

“Uruşdan keyin Saddam yaşirinib yurdi. AQŞ Prezidenti Jorj Buş ekranlarga çiqib: “Kim bizga Saddamning manzilini bersa, unga 25 million dollar va Amerika fuqaroligini beraman”, dedi. Amakivaççasi unga xiyonat qilib, Saddamning qayerdaligini aytib qöydi”, deydi Vali.

Uning hikoya qilişiça, Saddamni yaşiringan joyidan çiqişga çaqirişgan. Biroq sobiq prezident bunga rozi bölmagan.

“Ular Saddam Husaynni çaqirişdi. U: “Men Iroq Prezidenti Saddam Husaynman”, deb javob berdi. Unga: “Taşqariga çiq”, deyişdi. Saddam esa: “Men bu yerdan çiqmayman. Agar meni olib çiqmasangiz, taşqariga çiqmayman. Öz jonimga ham qasd qilmayman, çunki men Islom dinidaman”, dedi”, deya davom etadi sobiq general.

Valining aytişiça, keyin amakivaççasi Saddam yaşiringan joydagi şamollatiş teşigini körsatgan va u yerdan gaz yuborilgan. Şundan söng Saddam taşqariga olib çiqilgan.

Biroq Valining bu hikoyasi uning şaxsiy xotiralariga asoslangan bölib, mustaqil ravişda tasdiqlanmagan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Saddam Husayn AQŞ harbiylarining maxsus amaliyoti davomida Tikrit yaqinidagi fermada, yer ostidagi yaşirin joydan topilgan. Uni qölga olişda amakivaççasi xiyonat qilgani haqidagi da’vo esa alohida tekşirişni talab qiladi.

Hokimiyatdan ağdarilgan Saddam Husayn 2006 yil 30 dekabr kuni insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybdor deb topilgan sud hukmi asosida qatl etildi.

Generalning ulkan yöqotişlari

Saddam Husayn hokimiyati ağdarilganidan keyin sobiq general Vali uçun ham hayotning yangi va oğir davri boşlandi. Uning aytişiça, dastlab qariyb bir yil yaşirinib yurgan, keyinçalik esa AQŞ harbiylari uni topgan. Vali qamoqqa tuşmaslik uçun amerikaliklar bilan hamkorlik qilişga rozi bölganini aytadi.

Biroq bu uning xavfsizligini ta’minlamadi. Sobiq generalning hikoya qilişiça, bir kuni uyiga kelgan harbiylar undan ular bilan hamkorlik qiliş yoki qamoqqa boriş örtasida tanlov qilişni söragan. Vali ular bilan işlaşga rozi bölgan. Şunga qaramay, keyinçalik uning uyi öqqa tutilgan. Hujum oqibatida rafiqasi va tört nafar qöriqçisi halok bölgan. Qöşnilarining bolalari ham qurbon bölganini aytgan Vali, qayerga bormasin, portlaşlar va hujumlarga duç kelganini ta’kidlaydi.

U bu voqealarni quyidagiça eslaydi:

“Uyimga kelişdi. Mendan: “Biz bilanmisan yoki qamoqxonaga borasanmi?” deb söraşdi. Ularga: “Sizlar bilan bölaman”, dedim. Qamoqxonaga borişni istamadim. Iroqda uyimni öqqa tutişdi. Öşa yerda xotinim halok böldi. 36 nafar qöriqçim bor edi. Ulardan tört nafari halok böldi. Qöşni bolalar ham öldi. Qayerga bormaylik, öşa yerda bombalar portlardi. Mitti bolalar halok bölardi. Şuning uçun 2013 yil 5 noyabrda Iroqni tark etdim”, deydi u.

Valining sözlariga köra, unga Saddam davrida harbiy xizmat qilgani uçun ham hujumlar uyuştirilgan. U IŞID tomonidan öğirlab ketilgani va qiynoqqa solinganini, barmoqlari kesilganini ham aytadi.

“Terrorçilik guruhlari menga: “Sen Saddam bilan işlagansan”, deb hujum qilişardi. IŞID guruhlari meni öğirlab ketib, qiynoqqa solişdi. Men ölimdan qörqmadim. Menga oğir botgani – qayerga bormaylik, menga hujumlar uyuştirilib, odamlar halok bölayotgani edi”, deya eslaydi sobiq general.

Aynan şu voqealar, uning aytişiça, 2013 yil 5 noyabr kuni Iroqni tark etişga majbur qilgan. Vali ortda nafaqat harbiy faoliyatini, balki rafiqasi va avvalgi hayotini ham qoldirib, Turkiyaga yöl olgan.

Generaldan avtomobil yuvuvçigaça: Vali Turkiyada qanday kun körmoqda?

Iroqni tark etgan Vali dastlab Istanbulga kelgan. Keyinçalik uni Sivas şahriga yuborişgan. U yerda qariyb ikki yarim yil yaşagan. Beş tilni bilişi yangi hayotga moslaşişida qöl kelgan: bir muddat tarjimonlik qilgan, şuningdek, parda tikuvçi ustaning yonida ham işlagan.

“Turkiyaga Iroqdan 2013 yilda kirdim. Bu yerda bir oy qoldim. Keyin meni Sivasga yuborişdi. Sivasda ikki yarim yil yaşadim. 2017 yilda yana Istanbulga qaytdim va uylandim. Turmuş qurganimizdan keyin, Allohga şukr, fuqaro böldik. Ismim Xuzur edi, Fotix böldi”, deydi u.

2017 yilda turmuş qurgaç, Istanbulga qaytgan Vali avtomobillarni yuviş va polirovka qiliş bilan şuğullana boşladi. Bugun uning tirikçiligi aynan şu mehnat ortidan. Bir paytlar ming nafar askarga qömondonlik qilgan, 36 nafar şaxsiy qöriqçisi bölgan sobiq general endi avtomobillarni tozalab, sayqallab pul topmoqda. Ammo u bundan aslo nolimaydi.

“Ilgari general, uçuvçi edim. Hozir bu işni qiliş menga mutlaqo oğir emas. Taqdirimizni Alloh biladi. Men Allohdan roziman, doimo şukr qilaman”, deydi Vali.

Uning aytişiça, Turkiyada yangi hayot boşlaşida mahalliy aholining yordami katta bölgan. Sivasdagi mahalla oqsoqoli, politsiya xodimlari va boşqa insonlar unga begona sifatida munosabatda bölmagan. Sobiq general turk xalqining mehmondöstligini alohida ta’kidlaydi.

“Turk xalqidan juda minnatdorman. Meni heç qaçon begona deb bilişmadi. Hamma menga eşiklarini oçdi”, deydi u.

Vali bugungi hayotini avvalgi mavqei bilan soliştirar ekan, bundan buyon eng katta boyligi – tirikligi ekanini aytadi. Bir vaqtlar ming nafar askar uning buyruğini kutib turgan, 36 nafar qöriqçisi yonida bölgan. Hozir esa oddiy mehnat qilib, kun keçirayotganidan va nafas olayotganidan şukr qiladi.

“Hozir nafas olayotganim uçun şukr. Yuz ming marta şukr”, deydi u.

Xullas, hayot önqir-çönqirlarini, ayriliğ-u firoğini, jismoniy zöravonliklardan tortib, kazo-kazo hayotgaça yaşab körgan sobiq general bugun soğ-salomat va xotirjam ekanligidan xursand yaşamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing