Erdöğan islom davlatlarini Ğazodagi falokatga jim qarab turmaslikka çaqirdi (video)
Olam
−
21:53 265 3 daqiqa
Ğazo sektorida davom etayotgan hujumlar fonida musulmon jamoatçiligi Isroilga bosimni kuçaytiriş böyiça sa’y-harakatlarni faollaştirişi zarur. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi yiğilişida söz oçdi.
“Qirğinlar, maqsadli qotilliklar, kamsitiş, yakkalab qöyiş, ataylab oçlikka mahkum etiş va boşqa köplab jinoyatlar Isroil rahbariyati dunyodagi eng yirik konsentratsion lagerga aylantirgan Ğazoda butun dunyo köz öngida deyarli har kuni sodir etilişda davom etmoqda”, deydi Turkiya yetakçisi.
Erdöğan dunyo eski tartib qulayotgan, ammo uning örniga nima kelişini heç kim bilmaydigan oğriqli jarayonni boşdan keçirayotganiga e’tibor qaratgan.
“Parda ortida ommaviy axborot vositalari va teleekranlarda aks ettirilayotganidan köra ança şafqatsiz va vayronkor raqobat avj olmoqda. Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş davom etmoqda, tomonlar özaro talafot körmoqda, mintaqaga aviataşuvçi kemalarning taşlanişi bilan esa Fors körfazida vaziyat yana keskinlaşmoqda”, deydi Turkiya yetakçisi.
Turkiya Prezidenti qişki kuçli sovuq hali boşlanmaganini, biroq Isroil tomonidan joriy etilgan ğayriinsoniy çeklovlar tufayli Ğazo sektorida hozirdanoq keng kölamli gumanitar falokat boşlanganini qayd etgan.
“Tizzasigaça suv va loyga botib turgan, hatto pana topişi mumkin bölgan çodirlardan ham mahrum va sovuqdan dir-dir titrayotgan Ğazo bolalarining yurakni ezuvçi ahvoliga qaraşga yuragimiz doş bermayapti. Yillar davomida dunyoga demokratiya va inson huquqlaridan ma’ruza öqib kelganlar niqoblarini yeçib, özlarining asl yuzini körsatmoqda”, deydi Turkiya rahbari.
Erdöğan islom olamini Isroilga bosimni kuçaytirişga çaqirgan.
“Faqat boşqalarga tayaniş örniga, biz, musulmonlar harakat qilişimiz va Isroilga bosimni kuçaytirişga erişişimiz kerak. Islom olami yanada qattiq qişki sovuq boşlangunga qadar Ğazoga köproq gumanitar yordam yetkaziş uçun yanada köproq kuç sarflaşi lozim. Biz Ğazodagi birodarlarimiz va opa-singillarimizni vaqtinça joylaştiriş uçun konteynerlar yuborişga tayyormiz”, deydi Prezident.
Bundan taşqari, uning sözlariga köra, gumanitar yordam körsatiş uçun zarur qadamlar taşlanmoqda.
“Boşqalar közlarini yumib, quloqlarini berkitib olsalar ham, biz Ğazodagi zulm haqida jim turmaymiz. Hatto yolğiz harakat qilişimizga töğri kelsa ham va bizni qöllab-quvvatlovsiz qoldirişsa ham, umid qilamanki, insoniyat hamda birodarlarimiz va opa-singillarimiz oldidagi burçimizni bajarişda davom etamiz”, deydi Turkiya Prezidenti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Ğazo sektoriga zudlik bilan va tösiqlarsiz yordam yetkaziş zarurligini aytgan edi.
Live
Barchasi