Ğazoda Isroil hujumlari oqibatida 16 öquvçi halok böldi

Olam

−

visibility432 timer2 daqiqa

image

Joriy yilning noyabr oyi boşidan buyon Isroil hujumlari oqibatida Ğazo sektorida kamida 16 nafar maktab öquvçisi halok böldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, sönggi qurbonlar keça, 26 noyabrga ötar keçasi Ğazo şahrining ğarbiy qismidagi turar joyga berilgan havo zarbasi oqibatida halok bölgan 15 va 13 yoşli opa-singillar Yusra hamda Jana Abu al-Ouf bölgan. Hujumda ularning ota-onasi – 47 yoşli Muhammad Majid Abu al-Ouf va 41 yoşli Nura Izzat Abu al-Ouf ham halok bölgan. Zarba oqibatida yana bir neça falastinlik jarohatlangan.

Ma’lumotlarga köra, noyabr oyida falastinlik öquvçilarga qarşi hujumlar bir neça bor takrorlangan. Jumladan, 6 noyabr kuni 15 yoşli Muhammad Nidal Barbah Xon Yunisdagi al-Mavasi hududida sport maşğuloti vaqtida Isroil kuçlari tomonidan öq uzilişi oqibatida halok bölgan.

13 noyabr kuni esa Dayr al-Balah şahrida Isroil artilleriyasi tomonidan amalga oşirilgan öqqa tutiş oqibatida 12 yoşli Ahmad Abu Daher, uning otasi va yana bir ayol halok bölgan.

Qayd etilişiça, Isroilning Ğazodagi uruşi davomida minglab maktab yoşidagi bolalar va yuzlab ta’lim sohasi xodimlari halok bölgan. Ön minglab bolalar muntazam ta’lim oliş imkoniyatidan mahrum.

BMT Bolalar jamğarmasi (UNICEF) ma’lumotlariga köra, Ğazodagi maktab binolarining 98 foizi zarar körgan. Ularning 93 foizdan ortiği jiddiy ta’mirlaş yoki töliq qayta qurişni talab qiladi, qariyb 81 foizi esa bevosita zarbalarga uçragan.

Şuningdek, Ğazoda bolalar va yoşlar orasida meningit bilan kasallaniş holatlari ham ortmoqda. Mahalliy soğliqni saqlaş vazirligi oktyabr oyida 270 dan ortiq yangi holat qayd etilgaç, epidemiya xavfi haqida ogohlantirgan.

Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, sönggi uç yil içida Isroilning harbiy amaliyotlari oqibatida kamida 74 746 nafar falastinlik halok bölgan. Ularning 20 ming nafardan ortiği bolalar hiso.

Isroil mudofaa armiyasi esa ayrim hodisalar yuzasidan izoh beriş uçun yetarli ma’lumotga ega emasligini bildirgan. Ahmad Abu Daher halok bölgan kuni ötkazilgan amaliyotlarda 10 nafar “terrorçi” yöq qilinganini, zarbalar oldidan tinç aholiga zarar yetişini kamaytiriş çoralari körilganini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ğazo sektorida qiş kelişi bilan yuz minglab majburan köçirilgan falastinliklar sovuq va suv toşqinlari xavfi ostida qolayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing