Isroil parlamenti masjidlarda azonni çeklaş haqidagi qonunni rad etdi
Olam
−
1567 2 daqiqa
Isroil parlamenti masjidlarda azon ovozini çeklaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini qabul qilmadi. Ovoz berişda 45 nafar deputat hujjatni qöllab-quvvatlagan, 63 nafari esa unga qarşi çiqqan. Bu haqda “The Times of Israel” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasi muhokamasi vaqtida Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir iştirokida janjal kelib çiqqan. Hodisa ortidan vazir majlislar zalidan çiqarib yuborilgan. Öta öngçi “Otsma Yehudit” partiyasi deputatlari taşabbusi bilan işlab çiqilgan qonun loyihasi masjidlarda musulmonlarni namozga çorlaş uçun ovoz kuçaytirgiçlardan foydalanişni çeklaşni nazarda tutgan. Hujjatga köra, masjidlar bunday uskunalardan foydalaniş uçun atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziridan maxsus ruxsatnoma olişi kerak edi.
Şuningdek, politsiyaga ovoz kuçaytirgiçlarni öçiriş, uskunalarni musodara qiliş va qoidabuzarlarga 50 ming şekelgaça jarima soliş vakolatini beriş taklif qilingan.
Qonun loyihasiga qarşi çiqqan arab deputatlari uni mamlakatdagi musulmon ozçilikni ta’qib qilişga qaratilgan taşabbus deb baholagan. Ular hujjat ortida musulmon jamoasiga nisbatan oçiqdan oçiq duşmanlik kayfiyatida bölgan vazir turganini ta’kidlagan.
“The Times of Israel” yozişiça, ovoz berişdan oldingi qizğin muhokama çoğida Ben-Gvir arab deputatlariga nisbatan keskin gaplar aytgan va majlisdagi tortişuv vaqtida Knesset raisining örinbosari Eytan Ginzburgni haqorat qilgan. Şundan söng unga majlislar zalini tark etiş buyurilgan.
Live
Barçasi