Isroilning Ğazoga hujumi oqibatida uç falastinlik halok böldi

Olam

−

image

Ğazo şahrida World Central Kitchen xayriya taşkiloti uçun oziq-ovqat va qoğoz mahsulotlari olib ketayotgan transport vositasiga Isroil zarbasi berildi. Hodisa oqibatida uç nafar falastinlik halok böldi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, hujum bugun, 21 noyabr kuni sodir bölgan. “Reuters” guvohining aytişiça, transport vositasida qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari bölgan. Uning içidagi qoğozlarda Ğazoda aholiga oziq-ovqat tarqatuvçi World Central Kitchen taşkilotining logotipi aks etgan.

Hujum guvohi Abu Zeyn al-Dayaning sözlariga köra, maşina bolalarga ovqat va içimlik tarqatiş uçun töxtaş arafasida bölganida raketa zarbasiga uçragan. Isroil harbiylari esa hududda bir neçta jangçilarni nişonga olganini bildirgan, biroq hodisa tafsilotlarini oçiqlamagan. Ular yordam tarqatiş uçun foydalanilayotgandek köringan transport vositasiga nima sababdan zarba berilgani haqidagi savollarga hozirça javob qaytarmagan.

Ğazodagi hujumlar davom etmoqda

Ma’lumotlarga köra, Isroil harbiylari 2024 yilda ham World Central Kitchen taşkilotining yetti nafar xodimini öldirgan. Ular orasida Avstraliya, Buyuk Britaniya va Polşa fuqarolari bölgan. Öşanda Isroil harbiylari hodisada jiddiy xatolar va tartib-qoidalar buzilganini tan olgan, ammo 2026 yilda jinoiy tergov boşlaş uçun asos yöqligini bildirgan.

Şu hafta boşida Isroil Ğazoda qisqa muddatli quruqlik operatsiyasini boşlagan. Harbiylar HAMAS qömondonlaridan birini nişonga olganini bildirgan şifoxonaga berilgan zarba oqibatida olti kişi halok bölgan. 2025 yil oktyabr oyida AQŞ kömagida erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvi hududdagi yirik janglarga çek qöygan. Biroq u Isroilning Ğazoga hujumlarini töliq töxtatmagan va HAMASning qurolsizlanişini ta’minlamagan.

Falastin va Isroil tomoni ma’lumotlariga köra, öt oçişni töxtatiş kelişuvidan keyin kamida 1600 nafar falastinlik va beş nafar isroillik harbiy halok bölgan. Hozirda Isroil qöşinlari Ğazo hududining uçdan ikki qismini nazorat qilmoqda. Bu kelişuv tuzilgan paytdagi nazorat hududidan köproq. HAMAS esa Ğazo sohili böylab ayrim hududlarni nazorat qilmoqda.

Isroilning Ğazoga ikki yildan ortiq davom etgan hujumlari ön minglab insonlarning hayotiga zomin bölgan, oziq-ovqat tanqisligi inqirozini keltirib çiqargan va aholining ommaviy köçişiga sabab bölgan. Bu voqealar xalqaro miqyosda genotsidga oid bahslar va BMT tekşiruvlariga ham turtki bergan.

Isroil esa öz harakatlarini özini himoya qiliş çorasi sifatida izohlaydi. Mamlakat bunga 2023 yil oktyabr oyida HAMAS boşçiligidagi jangçilar hujumi sabab bölganini ta’kidlaydi. Öşanda 1200 kişi halok bölgan va 250 dan ortiq odam garovga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Boş Assambleyasidagi nutqi davomida Ğazo sektoridagi gumanitar vaziyatni tanqid qilgan edi. U AQŞ Prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi haqidagi bayonotlariga şubha bildirib, hududda gumanitar koridorlar oçilmaganini ta’kidlagan. Makron xalqaro hamjamiyatni Ğazodagi vaziyatga befarq bölmaslikka çaqirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing