Netanyaxuga kelgan sirli qönğiroq: u Mudofaa vaziri bilan majlisni tark etdi (video)
Olam
−
22:07 395 2 daqiqa
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Eron bilan keskinlik kuçayib borayotgan bir paytda Knesset majlisida şoşilinç telefon qönğiroğini qabul qilib, Mudofaa vaziri Israel Kats bilan birga zalni tark etdi. Biroq qönğiroqni kim amalga oşirgani va suhbatda qanday masalalar muhokama qilingani noma’lum. Bu haqda “Global OSINT News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 17 noyabr kuni Knessetda parlament spikerini saylaş jarayoni bölib ötgan. Majlis davomida Netanyaxuga telefon qönğiroği bölgan va şundan söng, u Mudofaa vaziri Israel Kats bilan birga zalni tark etgan. Hozirça qönğiroq kim tomonidan amalga oşirilgani yoki ularning nima sababdan birga çiqib ketgani haqida rasmiy bayonot berilmagan.
Uşbu voqea Isroil va Eron örtasida harbiy keskinlik yanada kuçayişi mumkinligi haqidagi muhokamalar davom etayotgan bir paytda sodir böldi. Netanyaxu Eronning yadroviy faoliyatini Isroil uçun tahdid sifatida baholagan. Mudofaa vaziri Israel Kats esa hukumat va armiya xavfsizlik masalalari böyiça hamkorlikda iş olib borayotganini bildirgan. Biroq parlamentdagi telefon qönğiroğining Eron bilan boğliq ekanini tasdiqlovçi ma’lumot mavjud emas.
Öşa kuni Knessetda muhim siyosiy özgariş ham yuz bergan. Muxolifat yetakçisi Gadi Ayzenkotning ittifoqçisi Matan Kaxana 66 ovoz bilan Knessetning yangi spikeri etib saylangan. Uning raqibi Amir Oxana esa 52 ta ovoz töplagan. Matan Kaxana Netanyaxuning “Likud” partiyasi vakili Amir Oxana örnini egallagan. Bu esa oktyabr oyidagi saylovlarda köpçilikni yöqotgan Netanyaxu lageri uçun yangi siyosiy özgariş böldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil muxolifati vakillari Binyamin Netanyaxuni davlat töntarişiga urinişda ayblagani haqida xabar berilgan edi. Bunga Netanyaxu idorasining oktyabr oyidagi saylovlar arafasida arablar yetakçiligidagi partiya a’zolarini asossiz ayblaşga uringani haqidagi xabarlar sabab bölgan.
Live
Barchasi