Ilk uçraşuv, Kiyevga oğir javob va boşpanasiz bolalar Wyeyekend

Tahlil

−

visibility302 timer10 daqiqa

Reklama
0:00

Ötgan hafta xalqaro maydonda bir qator muhim voqealar sodir böldi. Dunyo e’tibori AQŞ, Rossiya va Xitoy yetakçilarining uçraşuviga qaratilgan bir vaqtda, Ukrainada harbiy harakatlar davom etdi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoğan esa Ğazodagi vaziyat yuzasidan islom davlatlarini Isroilga bosimni kuçaytirişga çaqirdi. Şu bilan birga, xalqaro taşkilotlar qurolli mojarolar hududlarida yaşayotgan bolalar soni rekord darajaga yetgani haqida ma’lumot berdi.

Katta uçraşuv: Tramp, Putin va Si Szinpin nimalarni muhokama qildi?

Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin nutq sözlayotgan vaqtda uxlab qolgani, Xitoy rahbari Amerika Prezidentini aeroportda şaxsan kutib olgani-yu, Putinni kutib olmagani, Trampning Putin bilan hazillaşgani — ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda eng köp muhokama qilingan voqealardan böldi.

Bu uçraşuvga bunday katta qiziqiş bildirilişi bejiz emas. Sababi, dunyo iqtisodiyotida muhim öringa ega Xitoy, ulkan hududni egallagan Rossiya va harbiy salohiyati böyiça yetakçi davlatlardan biri bölgan AQŞ rahbarlarining bir davrada jamlanişi xalqaro siyosat uçun alohida ahamiyatga ega.

Xöş, uç davlat rahbari nimalar haqida gaplaşdi?

Xitoyning Şençjen şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida bölib ötgan muzokaralar bir yarim soat davom etdi. Yetakçilar uçraşuvi Toşkent vaqti bilan taxminan soat 13:30 da boşlandi.

Yopiq eşiklar ortidagi uç tomonlama muzokaralardan oldin uçraşuvning oçiq qismi bölib ötdi. Unda uçala davlat rahbari kiriş sözlari bilan çiqiş qildi.

Si Szinpin uşbu uçraşuvni mazkur formatdagi tarixiy voqea deb atab, uning asosiy vazifasi yirik davlatlar örtasidagi munosabatlarda tinçlik va strategik barqarorlikni saqlaş ekanini ta’kidladi.

Xitoy rahbarining sözlariga köra, Rossiya, AQŞ va Xitoyning özaro hamkorligi xalqaro xavfsizlik uçun alohida ahamiyatga ega. Çunki uşbu mamlakatlar dunyoda tinçlikni ta’minlaş uçun mas’ul hisoblanadi.

«Tarix şuni örgatadiki, yirik davlatlar örtasidagi yaxşi munosabatlar dunyoni xavfsiz qiladi, ular örtasidagi qarama-qarşilik esa dunyoni tartibsizlikka ğarq qiladi», — dedi Si Szinpin.

Vladimir Putin ham uç davlatning xalqaro tinçlik va xavfsizlik uçun umumiy mas’uliyatini ta’kidladi. Rossiya Prezidenti muhokama qilinadigan mavzular qatorida global va mintaqaviy iqtisodiy aloqalar, oziq-ovqat hamda energetika xavfsizligini sanab ötdi.

Uning ta’kidlaşiça, mamlakatlarning mintaqaviy mojarolarni, jumladan, Ukrainadagi uruşni hal qiliş borasida özaro mos keluvçi manfaatlari mavjud. Putin bu masalada Xitoy rahbari bilan ham avvalroq suhbatlaşganini, AQŞ Prezidenti taşabbusi bilan ötkazilgan ikki tomonlama uçraşuvda ham Ukraina mavzusiga alohida e’tibor qaratilganini aytdi.

Donald Tramp esa uç davlat rahbarlari oldida muhokama qilinişi kerak bölgan köplab masalalar borligini qayd etdi.

«Biz tarixga kirişimizga işonçim komil», — dedi AQŞ Prezidenti.

U ehtimoliy hamkorlik yönalişlari orasida yadroviy arsenallarni qisqartiriş va yadro quroli tarqalişi xavfini kamaytiriş masalalarini alohida ta’kidladi. Şuningdek, Tramp Putin bilan Ukrainadagi uruşni muhokama qilişlarini tasdiqladi.

«Prezident Putin va men bu mojaroni allaqaçon yetarliça uzoq muhokama qildik. Menimça, biz töğri yönalişda ketyapmiz. Umid qilamanki, Prezident Putin ham, Ukraina tomoni ham uşbu mojaroning yakunlanişiga erişişni istaydi», — dedi u.

Sammit oldidan Rossiya, AQŞ va Xitoy qöşma bayonot loyihasi ustida ham iş olib borgan. Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning ma’lum qilişiça, kelişuv jarayoni murakkab maslahatlaşuvlar bilan keçgan. Moskva umumiy kommyunike qabul qilinişiga umid qilgan, biroq uning örniga har bir yetakçi muzokaralar natijalariga alohida baho berişi mumkinligini ham istisno etmagan.

Putin va’dasini bajardimi? Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi

Uç mamlakat prezidentlari uçraşuvidan keyin taşkil etilgan matbuot anjumanida Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina Qrim köprigidagi portlaş uçun javob berişini aytgandi. U Rossiyaning javobi Kiyev uçun oğir bölişini ta’kidlagan.

«Biz uşbu zarbalarga javob qaytaramiz va buni hamma bilişini istayman. Öylaymanki, hozirgina aytganimdek, bizning javob harakatlarimiz Kiyev rejimining köprikka nisbatan qilgan işidan köra ança oğriqli böladi», — degan Putin.

20 noyabrga ötar keçasi Rossiya harbiylari Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga köra, hujum oqibatida uç kişi halok bölgan, yana 15 kişi jarohatlangan. Ularning yetti nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Zarbaning asosiy nişonlari Dnepr daryosi orqali ötuvçi uçta köprik — Podolsk-Voskresensk, Darnitsa va Janubiy köpriklar bölgan. Birinçi ötiş yöli böylab harakatlaniş töxtatilgan, qolganlarida esa çeklovlar joriy etilgan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçko aholini vaziyat barqarorlaşgunga qadar şaxsiy avtomobillardan foydalanmaslikka çaqirdi.

«Poytaxtning çap va öng qirğoqlari örtasidagi murakkab tirbandlik tufayli men aholini öta zarur ehtiyoj bölmasa, şaxsiy avtomobilda harakatlanmaslikka çaqiraman», — deb yozdi u.

Kliçko raketa hujumi davom etayotganini ham ma’lum qildi. Mutaxassislar köpriklarning şikastlaniş darajasini havo trevogasi tugaganidan keyingina baholaşi mumkinligi aytildi.

Kiyev şahar harbiy ma’muriyati ma’lumotlariga köra, hujum oqibatida uçta tumanda yonğinlar kelib çiqqan, muhim infratuzilma ob’ektlariga zarar yetgan. Şaharning bir neçta tumanlarida elektr tarmoğida kuçlaniş yöqligi sababli trolleybuslar harakati ham töxtab qolgan.

Uşbu tunda Lvov, Xarkov, Zaporoje va Dnepropetrovsk viloyatlari ham hujum ostida qolgan.

Xarkov meri Igor Terexov şifoxonaga dron zarbasi berilgani haqida xabar qildi. Oqibatda tört kişi jabrlangan. Zaporojeda uçuvçisiz uçiş apparati tramvayga borib urilgan, bir ayol jarohat olgan. Dnepropetrovsk viloyatining Jyoltiye Vodi şahrida esa beş kişi jabrlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi öz navbatida Kiyev va Ukrainaning beşta viloyatidagi harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, omborlar, energetika hamda transport infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berilganini ma’lum qildi.

Erdoğan islom davlatlarini Isroilga bosimni kuçaytirişga çaqirdi

Ğazo sektorida davom etayotgan hujumlar fonida musulmon jamoatçiligi Isroilga bosimni kuçaytiriş böyiça sa’y-harakatlarni faollaştirişi zarur. Bu haqda 18 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoğan Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi yiğilişida söz oçdi.

Turkiya rahbari Ğazoda sodir bölayotgan voqealarni keskin tanqid qilib, Isroil rahbariyatini tinç aholiga nisbatan oğir jinoyatlarda aybladi.

«Qirğinlar, maqsadli qotilliklar, kamsitiş, yakkalab qöyiş, ataylab oçlikka mahkum etiş va boşqa köplab jinoyatlar Isroil rahbariyati dunyodagi eng yirik konsentratsion lagerga aylantirgan Ğazoda butun dunyo köz öngida deyarli har kuni sodir etilişda davom etmoqda», — dedi u.

Erdoğan dunyo eski tartib qulayotgan, ammo uning örniga nima kelişi heç kimga ma’lum bölmagan oğriqli jarayonni boşdan keçirayotganiga e’tibor qaratdi.

Uning ta’kidlaşiça, ommaviy axborot vositalarida aks ettirilayotgan voqealardan taşqari, xalqaro maydonda yanada şafqatsiz raqobat keçmoqda. Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş davom etayotgani, mintaqaviy keskinliklar esa xalqaro vaziyatga ta’sir körsatayotgani qayd etildi.

Turkiya Prezidenti qişki kuçli sovuq hali boşlanmagan bölsa-da, Isroil tomonidan joriy etilgan çeklovlar tufayli Ğazo sektorida keng kölamli gumanitar falokat boşlanganini aytdi.

«Tizzasigaça suv va loyga botib turgan, hatto pana topişi mumkin bölgan çodirlardan ham mahrum va sovuqdan dir-dir titrayotgan Ğazo bolalarining yurakni ezuvçi ahvoliga qaraşga yuragimiz doş bermaydi. Yillar davomida dunyoga demokratiya va inson huquqlaridan ma’ruza öqib kelganlar niqoblarini yeçib, özlarining asl yuzini körsatmoqda», — dedi Erdoğan.

U islom olamini Isroilga bosimni kuçaytirişga çaqirdi. Şuningdek, qişning sovuq kunlari boşlangunga qadar Ğazoga köproq gumanitar yordam yetkaziş zarurligini ta’kidladi.

«Faqat boşqalarga tayaniş örniga, biz, musulmonlar harakat qilişimiz va Isroilga bosimni kuçaytirişga erişişimiz kerak. Islom olami yanada qattiq qişki sovuq boşlangunga qadar Ğazoga köproq gumanitar yordam yetkaziş uçun yanada köproq kuç sarflaşi lozim. Biz Ğazodagi birodarlarimiz va opa-singillarimizni vaqtinça joylaştiriş uçun konteynerlar yuborişga tayyormiz», — dedi Turkiya Prezidenti.

Erdoğan boşqalar bu voqealarga köz yumsa ham, Turkiya Ğazodagi vaziyat haqida gapirişda davom etişini bildirdi. Uning sözlariga köra, gumanitar yordam körsatiş uçun zarur qadamlar taşlanmoqda.

Qurolli mojarolar hududida 600 millionga yaqin bola yaşamoqda

Dunyoda davom etayotgan qurolli mojarolardan eng köp jabr körayotgan qatlamlardan biri — bolalar. Kattalarning siyosiy qarorlari va harbiy töqnaşuvlari oqibatida millionlab bolalar oçlik, kiyim-keçak va boşpana yetişmasligi, şuningdek, ota-onasidan ayriliş kabi muammolarga duç kelmoqda.

Sönggi ma’lumotlarga köra, dunyoda qariyb 600 million bola hozirda notinçlik hukm surayotgan mamlakatlarda yaşamoqda. Bu 1990 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç bölib, 1990-yillar örtasidagi raqamdan ikki barobardan ham köp. Bu haqda DW naşri xabar bermoqda.

«Bolalarga qarşi uruşni töxtating» (Stop the War on Children) hisobotida keltirilişiça, Afrika va Yaqin Şarqdagi har beş boladan ikkitasi 2025 yilda qurolli mojarolar hududida yaşagan. Dunyodagi mojaro hududlarida istiqomat qiluvçi bolalarning 44 foizi Afrika hissasiga töğri kelgan.

Yaqin Şarqda ham vaziyat keskinlaşgan. 2024 yilda mintaqada mojaro hududlarida yaşovçi bolalar soni 52 million nafarni taşkil etgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç qariyb 29 foizga oşib, 67 million nafarga yetgan.

Afrikada esa mojarolar ta’sirida qolgan bolalar uluşi 2010 yildagi 12 foizdan 2025 yilda 39 foizga kötarilgan.

Hisobotda qurolli mojarolar davomida bolalarga nisbatan sodir etilayotgan oğir huquqbuzarliklar ham tahlil qilingan. Xususan, 2025 yilda BMT tomonidan bolalarga gumanitar yordam yetkazilişiga tösqinlik qiliş bilan boğliq 8 322 ta holat tasdiqlangan. Bu 2015 yildagi körsatkiçdan 16 barobar köp. Uşbu holatlarning 5 946 tasi, ya’ni 70 foizdan ortiği Falastin hududlarida qayd etilgan.

Şuningdek, 2025 yilda bolalarga nisbatan jami 38 967 ta oğir huquqbuzarlik holati tasdiqlangan. Bu BMTning monitoring tizimi işga tuşirilganidan buyon qayd etilgan ikkinçi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Eng yuqori natija 2024 yilda — 41 763 ta holat bölgan.

Qayd etilişiça, 2025 yilda qurolli mojarolar oqibatida 14 224 nafar bola halok bölgan yoki jarohatlangan. Bolalarni öğirlaş bilan boğliq holatlar rekord darajaga — 5 128 taga yetgan. Bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikning 1 787 ta holati qayd etilgan. Bu sönggi ön yildagi körsatkiçdan 71 foizga köp.

Mojarolar oqibatida maktablar va şifoxonalarga hujumlar soni ham ketma-ket beşinçi yil ösgan. 2025 yilda bunday 2 930 ta holat qayd etilgan. Hujumlarning eng köpi Falastin hududlarida — 837 ta, Ukrainada esa 643 ta bölgan. Bu ikki hududdagi hujumlar jahon böyiça qayd etilgan barça holatlarning yarmidan köpini taşkil qilgan.

Jinsiy zöravonlik holatlari Kongo Demokratik Respublikasi va Sudanda ham keskin köpaygan. Kongoda bunday holatlar 2024 yildagi 358 tadan 2025 yilda 592 taga, Sudanda esa 74 tadan 193 taga yetgan. Umumiy holatlarning qariyb 86 foizi Afrikadagi qurolli mojaro hududlarida qayd etilgan.

Save the Children taşkiloti bolalarning qurolli mojarolardan aziyat çekişi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri ekanini ta’kidlagan. Taşkilot xalqaro hamjamiyatni bolalar xavfsizligini birinçi öringa qöyişga va ularni uruş oqibatlaridan himoya qilişga çaqirgan.

Dunyo yetakçilari siyosiy va iqtisodiy manfaatlar haqida muzokara olib borayotgan bir paytda, qurolli mojarolarning eng oğir oqibatlarini oddiy aholi, ayniqsa, bolalar boşdan keçirmoqda. Xalqaro hamjamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri esa ularning hayoti va kelajagini himoya qiliş bölib qolmoqda.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing