Tramp Yalta konferensiyasini Tehron konferensiyasi bilan adaştirib yubordi
Olam
−
637 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Xitoyning Şençjen şahrida Xitoy va Rossiya rahbarlari Si Szinpin hamda Vladimir Putin bilan bölib ötgan sönggi uçraşuviga bağişlangan bir qator suratlarni e’lon qildi.
Si Szinpin Trampni samolyot oldida kutib olayotgani aks etgan rasmlardan biriga “Döstlar” deb izoh berilgan.
.jpg)
Tramp va Putinning qöl berib körişayotgani tasvirlangan yana bir suratga esa “Mening döstim” degan yozuv ilova qilingan.

Tramp bevosita Şençjendagi muloqot çoğida ham Putinni döst deb atagan edi.
Yana bir tasvir ikkita fotosuratdan iborat kollaj körinişida bölib, ularning birida Stalin, Çerçill va Ruzvelt, ikkinçisida esa Putin, Si va Tramp aks etgan. Suratlarni “Buyuk davlatlar 1945, 2026” degan yozuv birlaştirib turadi.

Biroq postda foydalanilgan Stalin, Çerçill va Ruzvelt surati 1945 yildagi Yalta konferensiyasida (Tramp, ehtimol, aynan şuni nazarda tutgan) emas, balki 1943 yildagi Tehron konferensiyasi vaqtida olingan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 noyabr kuni Donald Tramp, Vladimir Putin va Si Szinpin Şençjendagi APEC sammitida uç tomonlama muzokaralar ötkazgandi. Bu uç davlat rahbarlarining mazkur formatdagi ilk uçraşuvidir. Ommaviy axborot vositalarida u 1945 yilda SSSR, Buyuk Britaniya va AQŞ yetakçilari Yevropadagi ta’sir doiralarini mustahkamlab qöygan Yalta konferensiyasiga qiyoslangan edi.
Live
Barçasi