Trampga suiqasd. Xitoyça ehtirom va Ukrainaga osilgan Lavrov

Tahlil

−

Reklama
0:00

Assalomu alaykum, ötgan 24 soat içida dunyoda sodir bölgan muhim voqealar haqida QALAMPIR.UZ dayjestida gaplaşamiz.

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik erkak AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga suiqasd uyuştiriş rejasidagi iştiroki uçun 27 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi

U Tramp, AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden va mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Heylini öldiriş uçun yollanma qotillar izlagan. Biroq u murojaat qilgan şaxslar aslida AQŞ Federal tergov byurosining yaşirin agentlari bölgan.

Ma’lum qilinişiça, Osif Merçant mart oyida xalqaro terrorçilik harakatini sodir etişga uriniş va pul evaziga odam öldiriş uçun yollaş ayblovlari böyiça aybdor deb topilgan.

Sudda Merçant Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi körsatmasi bilan harakat qilganini aytgan. Uning sözlariga köra, reja 2020 yilda AQŞ tomonidan Eronning yuqori martabali harbiy qömondoni Qosim Sulaymoniy öldirilgani uçun qasos oliş maqsadida tuzilgan.

Prokuratura ma’lumotlariga köra, Merçant dastlab diniy ziyoratlar uçun Eronga borgan va u yerda Inqilob qöriqçilari korpusi vakili bilan taniştirilgan. U Eronga jami 15 marta safar qilgan va bu vaqt davomida Eron razvedkasi xodimlaridan tayyorgarlik olgan. 2024 yil aprel oyida esa rejani amalga oşiriş uçun AQŞga kelgan.

Merçant yaşirin AQŞ Federal tergov byurosi agentlariga dastlabki tölov sifatida 5 ming dollar bergan. U 2024 yil iyul oyida AQŞni tark etişga hozirlik körayotgan paytda Texas ştatida qölga olingan.

Suiqasd haqidagi xabarlar Tramp uçun umuman yangilik emas. Sababi söngi yillarda AQŞ prezidentiga nisbatan suiqasd uyuştirişga urunişlar haqidagi xabarlar bir neçatani taşkil etadi. 14 – noyabr sanasida ham Isroil razvetkasi Eron Trampga nisbatan suiqasd uyuştirmoqçi ekani haqida MRBni ogohlantirdi.

Isroil razvedka xizmati («Mossad») Markaziy razvedka boşqarmasiga Eron Donald Tramp va uning ma’muriyati a’zolariga dronlar orqali suiqasd uyuştirmoqçi ekani haqida ma’lumot yetkazgan.

Isroil sönggi vaqtlarda paydo bölgan aniq tahdidlar, jumladan, portlovçi moddalar örnatilgan dronlar yordamida amalga oşirilişi mumkin bölgan hujumlar haqida razvedka ma’lumotlarini olgan. Uşbu ma’lumotlar Ğarbdagi yana bir maxsus xizmat tomonidan tasdiqlangan.

Manbalarga köra, Eron Tramp ma’muriyati vakillariga hujum qiliş niyatida bölgani şu kunlarda AQŞ prezidenti Tehron bilan muzokaralar böyiça yönalişni özgartirişining asosiy sabablaridan biri bölgan.

Joriy yilning 18 noyabr sanasida Xitoyning Şençjen şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin örtasida muzokaralar bölib ötdi. 19 – noyabr kuni Putin Si Szinpin va Tramp iştirokida taşkil etiladigan uç tomonlama uçraşuv oldidan taşkil etilgan bu suhbat mahalliy naşrlarning yozişiça ançayin iliq ötgan.

Aytilişiça Si Szinpin Rossiya-Xitoy munosabatlarini şamol va yomğir ostida ham mustahkam turadigan toqqa qiyoslab, ortib borayotgan noaniqlik şaroitida global barqarorlikni mustahkamlaşga çaqirgan.

Putin, öz navbatida, murakkab xalqaro vaziyatga qaramay, Rossiya va Xitoy örtasidagi siyosiy hamkorlik konstruktiv tarzda rivojlanayotganini ta’kidlagan.

Muzokaralar boşida Rossiya Prezidenti Moskva va Pekin yanada adolatli köp qutbli dunyo tartibini şakllantiriş böyiça konstruktiv yondaşuvga amal qilayotganini bildirgan. Ikki mamlakatning umumiy maqsadi – Osiyo-Tinç okeani mintaqasining farovonligini ta’minlaş ekani qayd etilgan. Si esa öz tomonidan Rossiya va Xitoy, “dadil olğa borişi”, şuningdek, “köp qutbli dunyo şakllanişiga va xalqaro munosabatlarning demokratlaşuviga kömaklaşişi” zarurligini urğulagan.

Rossiya rahbari xalqaro tadbirlar bilan band bölgan vaqtda mamlakat taşqi işlar vaziri Sergey Lovrov Ukrainaga yana bir talab qöydi.

U Ukraina hukumatidan rus tilidan foydalanişga qöyilgan barça çeklovlarni heç qanday özaro yon berişlarsiz bekor qilişni talab qildi. Uning bildirişiça, til huquqlari siyosiy muzokaralar mavzusiga aylantirilmasligi kerak. U bu haqda 21-Şarqiy Osiyo sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Lavrovning aytişiça, rus tiliga qöyilgan çeklovlar zudlik bilan bekor qilinişi lozim. U BMT Ustavi qoidalariga rioya qiliş taşkilotga a’zo barça davlatlarning majburiyati ekanini ta’kidlagan.

“Bularning barçasi zudlik bilan va heç qanday özaro yon berişlarsiz bekor qilinişi kerak”, 

Ma’lumot uçun, joriy yilning 7 noyabr kuni Ukraina davlat tilini himoya qiliş böyiça vakili Yelena Ivanovskaya Prezident ofisi rahbari Kirill Budanovga rus tilida gapirgani uçun jarima belgilagan edi. Bunga Budanovning Kiyev viloyatida 14 yoşli ösmir bilan rus tilida suhbatlaşgani sabab bölgan. Ivanovskayaning aytişiça, Budanov qoidabuzarlikni tan olgan va jarimani belgilangan muddatda tölaşga rozi bölgan.

Rassiyadan sira közini uzmaydigan AQŞda söngi bir neça kunlarda yirik texnik nosozliklar kuzatildi.

Bu voqealarga esa AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio mamlakatda sönggi kunlarda kuzatilgan yirik texnik nosozliklar ortida kiberhujumlar yoki boşqa davlatlarning aralaşuvi yöqligini ma’lum qildi. Uning aytişiça, yuz bergan hodisalar bir-biriga boğliq emas va har birining alohida sababi bor. 

“Biz hozirgaça bilgan barça ma’lumotlar bu hodisalar özaro boğliq emasligini körsatmoqda. Ularning har birining öz sababi yoki izohi bor. Bunga kiberjinoyatçilar, duşmanona harakatlar yoki boşqa davlatning aloqasi yöq”, degan Rubio.

Bundan avval AQŞ Milliy razvedka direktori Jey Kleyton ham mamlakatdagi texnik nosozliklar kiberhujumlar yoki boşqa davlat harakatlari bilan boğliq emasligini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, dasturiy ta’minotni keng kölamda yangilaş vaqtida ayrim zaifliklar aniqlangan. Ularni bartaraf etiş jarayoni ham kuzatilgan nosozliklarning bir qismiga sabab bölgan.

Kleyton AQŞda işlatilayotgan köplab kompyuter tizimlari eskirgani va zaif holatda ekanini aytib, mamlakat raqamli infratuzilmasini yangilaş zarurligini ta’kidlagan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing