“Yaşiring”. Modi Tramp bilan uçraşuvda kutilmaganda yerga egildi (video)

Olam

−

image

Hindiston Boş vaziri Narendra Modi AQŞ Prezidenti Donald Tramp iştirok etgan QUAD sammitida jamoaviy suratga tuşiş vaqtida yerda yotgan Hindiston bayroğini körib, uni olib çöntagiga soldi. Modi bayroqni yerda qoldirolmasligini aytganida, Tramp unga “Yaşiring” deb javob bergan. Bu haqda CNBC-TV18 telekanali videolavhani e’lon qildi. 

Manilada keça, 17 noyabr kuni bölib ötgan sammitdagi suratga oliş jarayonida iştirokçilar turişi kerak bölgan joyni belgilaş uçun yerga Hindiston bayroği qöyilgan. Kadrlarda Modining bayroqni payqab, uni oliş uçun egilgani aks etgan. Hindiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga köra, u bayroqni yerda qoldirişni istamasligini Trampga tuşuntirgan va keyin uni çöntagiga solgan.

Xabarlarda aytilişiça, Modi öz mamlakati bayroğini yerda qoldirolmasligini bildirganda, Tramp “Yaşiring”, deya javob bergan. Ikki yetakçi örtasidagi qisqa suhbat ham kameraga yozib olingan. Mazkur holatda Modining harakati Trampning ham e’tiborini tortgan. Maniladagi sammitdan olingan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokama qilindi.

2023 yilda ham şunday holat kuzatilgan

Modining bu harakati 2023 yil avgust oyida Janubiy Afrikaning Yoxannesburg şahrida ötkazilgan BRICS sammitidagi voqeani eslatadi. Öşanda ham davlat rahbarlari jamoaviy suratga tuşişi uçun belgilangan joylarga mamlakatlar bayroqlari qöyilgan.

Modi yerda yotgan Hindiston bayroğini körib, uni bosib olmaslik uçun egilgan, bayroqni kötarib, kurtkasining çöntagiga solgan. Uning yonida turgan Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa ham buni körib, öz mamlakati bayroğini yerdan olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing