“Beşiktoş”ning Isroil klubiga qarşi öyini muxlislar örtasidagi tartibsizliklar sabab töxtatildi
Sport
−
229 2 daqiqa
Keça, 26 noyabr kuni Yevropa ligasining beşinçi turi doirasida Isroilning “Hapoel Beer-Şeva” va Turkiyaning “Beşiktoş” jamoalari örtasidagi uçraşuv muxlislarning tartibsizligi sabab 35 daqiqaga töxtatildi. Bahs Gruziyaning Batumi şahrida bölib ötdi.
“Beşiktoş” futbolçilari öyin boşlanişidan oldin raqib jamoa a’zolari bilan qöl berib körişişdan boş tortdi.
Uçraşuv davomida “Beşiktoş” muxlislari Falastin bayroğini oçib çiqişgan. Bu esa muxlislar va politsiya örtasidagi keskinlikka sabab bölgan.
Birinçi bölimda hisob oçilmadi. 45+4-daqiqada “Beşiktoş” penalti tepiş huquqini qölga kiritdi, biroq Orkun Kökçu raqib darvozabonini mağlub eta olmadi.
Hisob 75-daqiqada oçildi. Junior Olaytan jamoasini oldinga olib çiqdi. 90-daqiqada esa Kökçu penaltidan foydalanib, “Beşiktoş”ning ikkinçi golini kiritdi. Qöşimça vaqtning 90+4-daqiqasida Javon Ist oraliqni qisqartirdi, ammo “Hapoel” mağlubiyatdan qutulib qola olmadi.
Uçraşuv tribunalardagi tartibsizliklar sabab bir muddat töxtatildi. 26-daqiqada daniyalik boş hakam Morten Kroğ muxlislar örtasidagi töqnaşuvlar va politsiya tomonidan közdan yoş oqizuvçi gaz qöllanilişi ortidan öyinni töxtatdi. Şundan söng dastlab “Hapoel”, keyin esa “Beşiktoş” futbolçilari maydonni tark etib, kiyiniş xonalariga yöl oldi.
Ayrim muxlislar stadionni öz xohişi bilan tark etgan bölsa, politsiya boşqalarning taşqariga çiqişiga ruxsat bermagan.
Uçraşuv taxminan 35 daqiqalik tanaffusdan söng qayta davom ettirildi. Jamoalar maydonga qaytib, 26-daqiqa 30-soniyadan boşlab bahsni bahsli töp taşlaş orqali davom ettirişdi.
Live
Barçasi