Batumida Turkiya va Isroil klublari öyinida janjal sodir böldi (video)
Sport
−
1399 2 daqiqa
Gruziyaning Batumi şahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari Turkiyaning “Beşiktoş” klubi va Isroilning “Hapoel Beer-Şeva” jamoalari örtasida bölib ötgan Yevropa ligasi uçraşuvida muxlislar iştirokidagi tartibsizliklar sabab 16 kişini hibsga oldi. Bu haqda Gruziya Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Keça, 26 noyabr kuni Batumida “Beşiktoş” va “Hapoel Beer-Şeva” örtasidagi uçraşuv betaraf maydonda ötkazildi. “Beşiktoş” futbolçilari öyin boşlanişidan oldin raqib jamoa a’zolari bilan qöl berib körişişdan boş tortdi.
Uçraşuv davomida “Beşiktoş” muxlislari Falastin bayroğini oçib çiqqan. Bu esa muxlislar va politsiya örtasidagi keskinlikka sabab bölgan.
Birinçi bölim örtalarida turkiyalik muxlislar sektorida tartibsizliklar boşlandi va politsiya kuç işlatişga majbur böldi. Natijada uçraşuv taxminan 30 daqiqaga töxtatildi. Keyinroq bahs qayta davom ettirildi.
“Içki işlar vazirligining uç nafar xodimi muxlislarning zöravonlik harakatlari oqibatida turli darajadagi jarohatlar oldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari qonunga xilof harakatlari uçun 16 kişini hibsga oldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlikning ma’lum qilişiça, “Beşiktoş”ning ayrim muxlislari stadionga yöl olayotganida provokatsion harakatlar sodir etgan. Ular haqoratli sözlar bilan baqirgan, turli buyumlarni otgan va politsiya xodimlariga qarşilik körsatgan. Şunga öxşaş harakatlar stadion içida ham davom etgan. Muxlislar stadion infratuzilmasiga zarar yetkazib, politsiya xodimlariga örindiqlarni otişgan. Tartibni tiklaş uçun politsiya maxsus vositalardan foydalangan.
Gruziya Içki işlar vazirligi “Beşiktoş” muxlislari Falastinni qöllab-quvvatlovçi bayroq va bannerlarni oçgani uçun politsiya kuç işlatgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Vazirlikning bildirişiça, Gruziyada har bir kişi fuqaroligi yoki millatidan qat’i nazar, qonunlarga rioya qilişi şart. Politsiya xodimlariga qilingan har qanday hujum yoki jamoat tartibining qöpol ravişda buzilişiga nisbatan çora köriladi.
Eslatib ötamiz, uşbu bahsda “Beşiktoş” klubi va “Hapoel Beer-Şeva” jamoasini 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Live
Barçasi