Yevropa ligasi öyinida muştlaşuv böldi. Prezidentlar vaziyatga aralaşdi

Sport

−

visibility267 timer2 daqiqa

image

Keça, 26 noyabr kuni Yevropa ligasining beşinçi turi doirasidagi Fransiyaning “Marsel” va Bolgariyaning “Levski” jamoalari örtasidagi uçraşuv oldidan muxlislar örtasida yuz bergan töqnaşuv oqibatida beş kişi şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Marsel politsiyasi prefekturasiga tayanib, AFP xabar berdi.

Naşr ma’lumotiga köra, voqea öyin boşlanişidan bir neça daqiqa oldin sodir bölgan. “Marsel” muxlislari öz sektoridan çiqib, 500 nafarga yaqin “Levski” muxlisi joylaşgan mehmonlar sektoriga bostirib kirgan. Bu esa muxlislar örtasida töqnaşuvlarga sabab bölgan.

Hodisa oqibatida beş kişi turli jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan, yana olti nafar muxlisga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan. Mahalliy politsiya ma’lum qilişiça, jarohatlanganlarning barçasi bolgariyalik muxlislar bölgan.

Bolgariya Prezidenti Iliana Yotova fransuz muxlislarining harakatlarini qoralagan.

“Marseldan olingan tasvirlar dahşatli. Bolgariyalik muxlislarga qilingan hujumlar butun dunyo böylab millionlab insonlarni birlaştiradigan öyinga nisbatan hurmatsizlikdir. Har bir inson öz xavfsizligidan xavotir olmasdan, öz jamoasini qöllab-quvvatlaş imkoniga ega bölişi kerak”, deb yozdi Prezident Facebook sahifasida.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham voqeani keskin qoralab, zöravonlikning sportda yoki jamoat joylarida örni yöqligini ta’kidladi.

“Marsel” klubi esa hodisa tafsilotlarini örganiş uçun huquq-tartibot idoralari bilan yaqin hamkorlik qilayotganini bildirdi. Klub yuzaga kelgan holatga töliq oydinlik kiritiş uçun barça tegişli taşkilotlar bilan hamkorlik qilişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Marsel şahrida bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Gruziyaning Batumi şahrida bölib ötgan “Beşiktoş” va “Hapoel Beer-Şeva” jamoalari örtasida bölib ötgan Yevropa ligasi uçraşuvida muxlislar iştirokidagi tartibsizliklar sabab 16 kişini hibsga olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing