Makron FIFA prezidentligi uçun Venger nomzodini qöllab-quvvatlaydi – OAV

Sport

−

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron FIFA prezidenti lavozimi uçun bölajak saylovda vatandoşi Arsen Vengerni qöllab-quvvatlaşga tayyor. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Makron Vengerning nomzodini ilgari suriş uçun boşqa davlat rahbarlarining ham qöllab-quvvatlovini olişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, u fransiyalik mutaxassisni saylovda öz nomzodini qöyişga köndiriş maqsadida şaxsan boğlangan.

Avvalroq, 77 yoşli Venger hafta oxiriga qadar FIFA prezidenti lavozimiga nomzodini qöyiş-qöymasligi borasida qaror qabul qilişi kutilayotgani xabar qilingan edi. Uning nomzodini Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) ham qöllab-quvvatlamoqda. UEFA Vengerni taşkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino uçun ehtimoliy raqib sifatida körmoqda.

Nomzodlar joriy yilning 18 noyabrga qadar körsatilişi kerak. FIFA prezidenti saylovi 2027 yil 18 mart kuni Marokaş poytaxti Rabotda ötadigan kongressda bölib ötadi. 2016 yildan buyon taşkilotga rahbarlik qilib kelayotgan Janni Infantino ham saylovda iştirok etadi.

Ma’lumot uçun, Arsen Venger 2019 yildan buyon FIFA’ning global futbolni rivojlantiriş bölimi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing