UEFA FIFA prezidentligi saylovida Diallo nomzodini qöllab-quvvatladi

Sport

−

image

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) Ijroiya qömitasi FIFA prezidenti saylovida Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo nomzodini qöllab-quvvatlaşga qaror qildi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Keça, 16 noyabr kuni Diallo UEFA prezidenti Aleksander Çeferin hamda taşkilot Ijroiya qömitasi tarkibidagi milliy assotsiatsiyalar vakillarining saylovda öz nomzodini ilgari suriş taklifini qabul qildi. Uning nomzodi bugun, 17 noyabr kuni Fransiya futbol federatsiyasi Ijroiya qömitasi tomonidan tasdiqlanişi kutilmoqda.

“FIFA faoliyatining yönalişlari borasidagi jiddiy xavotirlar fonida milliy assotsiatsiyalar global futbol hamjamiyatida birlik va işonçni tiklaşga çaqirdi. Ular dunyoning barça mintaqalarida futbolni rivojlantirişni ustuvor vazifa deb biladigan, boşqaruvning eng yuqori standartlariga amal qiladigan hamda a’zo assotsiatsiyalar, konfederatsiyalar va futbolning boşqa manfaatdor tomonlari bilan yaqin hamkorlik qiladigan FIFA’ni barpo etiş zarurligini ta’kidladi. Ular Filipp Dialloga töliq işonç bildirib, u uşbu maqsadlarga erişiş uçun zarur rahbarlikni ta’minlay olişini qayd etdi”, deyiladi bayonotda.

FIFA prezidenti saylovi 2027 yil 18 mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadi. 63 yoşli Diallo 2023 yil yanvar oyidan buyon Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida işlab kelmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Arsenal” jamoasi sobiq boş murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidenti lavozimi uçun bölajak saylovda öz nomzodini qöyişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing