FIFA kiberhujumga uçradi

Sport

−

visibility506 timer1 daqiqa

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kiberjinoyatçilar hujumiga uçradi. Bu haqda “The Athletic” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, xakkerlar taşkilotning şaxsiy va xizmat ma’lumotlariga kiriş imkoniyatini qölga kiritib, ularning bir qismini internetda e’lon qilgan.

FIFA ma’lumotlarga noqonuniy kiriş va ularning tarqatilganini tasdiqladi. Taşkilot mazkur holatni şaxsiy hayot daxlsizligiga jiddiy tajovuz deb baholab, huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

FIFA öğirlangan ma’lumotlar hajmini hozirça tasdiqlamagan.

“Sky Sports” jurnalisti Rob Xarrisning ma’lum qilişiça, xakerlar FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasiga tegişli hujjatlarga kiriş imkoniyatiga ega bölmagan. Biroq ular taşkilot tizimlaridan ayrim şaxsiy ma’lumotlarni qölga kiritişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya çempionati – La Liga özining raqamli platformalariga kiberhujum uyuştirilgani va bir neçta foydalanuvçining şaxsiy ma’lumotlari öğirlanganini haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing