Infantino JÇ huquqlarini 17,9 mlrd yevroga sotmoqçi bölgan – OAV

Sport

−

image

FIFA prezidenti Janni Infantino amerikalik milliarderlar Kuşnerlar oilasi bilan Jahon çempionati huquqlarini sotiş böyiça ön oy davomida maxfiy muzokaralar olib borgan. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga köra, kelişuv qiymati taxminan 15 milliard funt sterling (17,9 milliard yevro) bölişi mumkin edi. Muzokaralar 2025 yilning sentyabr oyi örtalarida Syurixda boşlangan. Keyinçalik, 4 noyabr kuni Infantino AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan uçraşgan.

Şundan söng FIFA rahbari Jaredning ukasi Joşua Kuşner bilan muzokaralarni davom ettirgan. Keyinçalik u Infantino loyihasining asosiy investorlaridan biri sifatida e’lon qilingan. Keyingi oylarda Kuşnerlar oilasi a’zolari va ularning vakillari bilan kamida 10 ta uçraşuv ötkazilgan.

Oxir-oqibat, FIFA Jahon çempionati huquqlarini sotişni nazarda tutgan bahsli FIFA Forward Enterprise loyihasidan voz keçilganini va u endi körib çiqilmasligini ma’lum qildi.

Şuningdek, taşkilot prezidenti Janni Infantinoning bayonotini e’lon qildi. Unda FIFA rahbari loyiha atrofidagi bahslarni tan olgan va taklif amalga oşirilmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing