Rasman! Yaponiya vakili FIFA prezidentligiga nomzodini qöydi

Sport

−

image

Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti Kozo Tasima Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligiga nomzodini rasman taqdim etdi. Bu haqda “TV Asahi” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Tasima beşta milliy futbol assotsiatsiyasining qöllab-quvvatloviga ega bölgan. FIFA prezidentligiga nomzod böliş uçun kamida beşta milliy federatsiyaning tavsiyasi talab etiladi.

Joriy yilning 16 noyabr kuni Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo ham FIFA prezidentligiga nomzodini ilgari surişi ma’lum qilgandi. Taşkilotning amaldagi prezidenti şveysariyalik Janni Infantino ham qayta saylaniş uçun kuraş olib boradi.

68 yoşli Tasima 2015 yildan buyon FIFA kengaşi a’zosi hisoblanadi. U 2016 yildan 2024 yilgaça Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida işlagan.

Ma’lumot uçun, 56 yoşli Infantino 2016 yil fevral oyida bölib ötgan navbatdan taşqari kongressda FIFA prezidenti etib saylangan. Şundan buyon Infantino taşkilot prezidenti bölib kelmoqda. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yil 18 mart kuni Marokaşning Rabot şahrida bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Arsenal” jamoasi sobiq boş murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidenti lavozimi uçun bölajak saylovda öz nomzodini qöyişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing