Vulqon otilişi natijasida Yaponiya hududiga 50 gektar yer qöşildi
Olam
−
3097 2 daqiqa
Yaponiyaning Ioto (Ivodzima) oroli yaqinidagi suvosti vulqoni otilişi natijasida taxminan 50 gektar maydonga ega yangi quruqlik hosil böldi. Bu orol hududining qariyb 1,7 foizga kengayganini anglatadi. Yangi yer maydoni sun’iy yöldoşlar orqali ham qayd etilgan. Bu haqda “Naked Science” xabar berdi.
Vulqon faolligining dastlabki belgilari joriy yilning oktyabr oyi oxirida kuzatilgan. 27 oktyabr kuni seysmik datçiklar yer ostidagi silkinişlar keskin kuçayganini qayd etgan. Şundan söng, Yaponiya Meteorologiya agentligi vulqon otilişi aks etgan dastlabki suratlar olinganini ma’lum qilgan.
NASA’ning Landsat 9 sun’iy yöldoşiga örnatilgan OLI qurilmasi 26 oktyabr kuni hududni suratga olganida sohilda heç qanday özgariş kuzatilmagan. 11 noyabr kuni esa vulqon faoliyati natijasida paydo bölgan yangi quruqlikning aniq tasvirlari olingan.
Noyabr oyi örtasida Yaponiya sohil qöriqlaş xizmati ham yangi quruqlik hosil bölganini tasdiqlagan. U mavjud sohil bilan tutaşgan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, vulqon otilişi natijasida orol sohili taxminan 50 gektarga kengaygan.
Ma’lumot uçun, Ioto oroli atrofida sönggi yillarda ham vulqon faolligi kuzatilgan. 2023 yilda orolning janubi-şarqiy sohilida, 2025 yilning avgust oyida esa ğarbiy sohilida vulqon otilişi sodir bölgan. Biroq yangi paydo bölgan quruqlik qança vaqt saqlanib qolişi hozirça noma’lum. 2023 yilda vulqon otilişi natijasida hosil bölgan yer maydoni bir neça hafta içida tölqinlar ta’sirida yemirilib ketgan.
Live
Barçasi