Yaponiyada kuçli zilzila sodir böldi. Jarohatlanganlar bor (video)

Olam

−

image_2026-11-08_15-18-30

Yaponiya markazida sodir bölgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida kamida 22 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, zilzila bugun, 8 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:04 da Sidzuoka prefekturasida, yer ostida 40 kilometr çuqurlikda sodir bölgan. Yaponiya Meteorologiya agentligi zilzila magnitudasini 5,7 deb baholagan bölsa, AQŞ Geologiya xizmati 5,5 magnitudani qayd etgan.

Yer silkinişi Ayti prefekturasi va unga yaqin hududlarda, jumladan, Hamamatsu şahri, şuningdek, Kioto, Nara, Yamanasi va Gifu prefekturalarida sezilgan. Eng kuçli silkiniş Aytida kuzatilgan.

Yaponiya telekanallari tarqatgan kadrlarda dökonlarning singan oynasi va köçalarga soçilib ketgan şişa parçalarini köriş mumkin. Kitob dökonlaridan birida esa javonlardagi kitoblar yerga soçilib ketgan. Jarohatlanganlarning ayrimlari zilzila paytida binodan çiqişga urinayotganda zinadan yiqilgan.

 

Meteorologiya agentligi aholini kelgusi bir hafta davomida, ayniqsa, yaqin ikki-uç kun içida yana kuçli yer silkinişlari sodir bölişi mumkinligidan ogohlantirdi. Şuningdek, köçkilar, toğ jinslarining qulab tuşişi va yoğingarçilik oqibatlaridan ehtiyot bölişga çaqirdi.

Agentlik vakili Ayataka Ebita hozirça Nankay çuqurligidagi tektonik plitalar harakatida katta zilzila xavfini körsatuvçi özgarişlar aniqlanmaganini bildirgan.

Zilziladan keyin ta’sirlangan hududlarda “Sinkansen” tezyurar poyezdlari ehtiyot çorasi sifatida pastroq tezlikda harakatlangan. Bu temir yöl infratuzilmasiga yetkazilişi mumkin bölgan zararning oldini oliş maqsadida amalga oşirilgan.

Ma’lumot uçun, Yaponiya zilzilalar tez-tez sodir böladigan hududda joylaşgan. Şu bois mamlakatda aholiga favqulodda vaziyatlar uçun suv, oziq-ovqat va batareykalar zaxirasini tayyorlab qöyiş, şuningdek, zilzila vaqtida xavfsiz joyni egallaş böyiça tavsiyalar berib boriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Tibet muxtor rayonida 7 magnitudali zilzila sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing