Peruda qariyb 7 magnitudali zilzila sodir böldi (video)
Olam
−
09:21 219 1 daqiqa
Peruning markaziy qismida 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinişi poytaxt Lima şahrida ham sezilib, aholi xavfsizlik maqsadida uylarini tark etib, köçaga çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, zilzila keça, 20 noyabr kuni mamlakatning And toğlari hududidagi Xunin mintaqasida sodir bölgan. Peru Geofizika instituti ma’lumotlariga köra, yer silkinişining öçoği 129 kilometr çuqurlikda joylaşgan.
Poytaxt Limada aholi uylarini tark etgan. Televideniye lavhalarida parlament a’zolarining ham Kongress binosidan çiqib ketgani aks etgan.
Xunin viloyati mahalliy kengaşi a’zosi Visente Kispening aytişiça, hozirça hududda vayronagarçiliklar haqida ma’lumot kelib tuşmagan. Uning ta’kidlaşiça, bu mintaqada bunday kuçli zilzila ilk bor sezilgan.
Şuningdek, AQŞ Sunami haqida ogohlantiriş tizimi zilziladan keyin sunami xavfi mavjud emasligini ma’lum qilgan.
Qayd etilişiça, Peru Tinç okeanining “Olov halqasi” deb ataluvçi seysmik faol hududida joylaşgan. Bu mintaqada tektonik plitalarning harakati sababli zilzilalar tez-tez sodir böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya markazida sodir bölgan 5,7 magnitudali zilzila oqibatida kamida 22 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi