Qirğizistonda bölgan zilzila Özbekistonda sezildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 4 noyabr kuni Qirğizistonda zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 02:34 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 5,2, çuqurligi 10 kilometrni taşkil etgan.

Zilzila epitsentri Toşkentdan 373 km janubiy-şarqda joylaşgan. Uning koordinatalari 39,84 daraja şimoliy kenglik va 73,21 daraja şarqiy uzunlikni taşkil etgan.

Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:

  • Andijon viloyatida 2-3 ball, 134 km.
  • Farğona viloyatida 2-3 ball, 136 km.
  • Namangan viloyatida 2 ball, 185 km.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning Botken viloyatida zilzila sodir bölgan edi va Özbekistonda sezilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing