Peruda şahar hokimi saylovi ğolibi tanga taşlaş orqali aniqlandi (video)

Olam

−

image

Peruning Puno regionidagi Konima okrugida mer saylovi ğolibi tanga taşlaş orqali aniqlandi. Bu haqda “La República” xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 4 oktyabr kungi saylovda “Somos Perú” partiyasidan Ruben Kispe Kapaxanya va “País para Todos” partiyasidan Salomino Mamani Kispe bir xil – 671 tadan ovoz töplagan. Barça bayonnomalar qayta işlangaç, saylov komissiyasi oşkora qur’a taşlaş marosimini ötkazgan.

Ketma-ketlik raqamlangan çiptalar yordamida belgilangan. “Somos Perú” vakili bir raqamini tortib olgan, şuningdek, bir sol (milliy valyuta) qiymatidagi beşta tangadan birini olgan va orqa tomoni tanlagan. Uning raqibiga esa old tomoni berilgan.

Saylov komissiyasi a’zosi tangani yuqoriga otgan. Şunda tanganing orqa tomoni tuşgan va Ruben Kispe Kapaxanya ğolib deb topilgan. Qur’adan söng siyosatçi mahalliy jurnalistlarga ğalabasiga işonganini va öz vakiliga tanganing orqa tomonini tanlaşni özi maslahat berganini aytgan.

Ikkala nomzodning vakillari bayonnomalarni imzolagan. Jarayonni saylov organlari xodimlari, politsiya va notarius kuzatib turgan.

Salomino Mamani Kispe ğolibni aniqlaşning bunday usulidan norozi bölgan. “Andina” agentligining yozişiça, u ovozlar teng kelib qolganda ikkinçi tur ötkazilişi uçun qonunni özgartirişni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing