Andijonda Iphone sotaman deb o‘zgani chuv tushirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 aprel
3515Andijonda ijtimoiy tarmoq orqali Iphone sotaman deb fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 1,9 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 27 yoshli M.O. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. Telegram orqali "iPhone 14 Pro sotiladi" deya yolg‘on e’lon joylashtirgan. Bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.T. bilan telefon orqali gaplashib, uning ishonchiga kirish orqali oldindan 1,9 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan. Uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.