Rossiya Mudofaa vaziri “zam”iga aloqador yana bir kishi qo‘lga olindi
Olam
−
25 aprel
10111Bugun, 25 aprel kuni Rossiyada Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov ishiga aloqador uchinchi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, "OlimpSitiStroy" kompaniyasi asoschisi Aleksandr Fomin vazir o‘rinbosariga pora berganlikda ayblanib, hibsga olingan.
"Moskvaning Basmanniy sudi qarori bilan u Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosariga pora berganlikda gumonlanib, 2024 yil 23 iyungacha hibsda saqlanadi", deb yozadi nashr sud matbuot xizmatiga tayanib.
Ma’lum bo‘lishicha, Fomin Ivanovga qarshi ko‘rsatma bergan.
"Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Fomin Ivanov bilan ishonchli munosabatlarda bo‘lib, binolarni ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatidan ozod qilish shaklida mulkiy xizmatlar ko‘rsatgan. Shuningdek, Fomin va boshqa shaxslar uyushgan guruh sifatida Ivanovning ularga noqonuniy mulkiy xizmatlar ko‘rsatish shaklida katta miqdordagi pora olishiga hissa qo‘shgan", deyiladi agentlikning sud matbuot xizmatidan keltirgan iqtibosida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandr Fomin kompaniyasi 2022 yilda sof foydasini deyarli ikki baravar – 2,8 milliard rublgacha oshirgan. 2021 yilda esa "Olimpsitistroy"ning sof foydasi 1,6 milliard rublni tashkil qilgani aytilmoqda.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov pora olishda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi