Özbekistonda tadbirkorlarga biznesini vaqtinça töxtatib turiş huquqi beriladi
Jamiyat
−
19:05 524 2 daqiqa
Özbekistonda tadbirkorlik subektlariga öz taşabbusi bilan biznes faoliyatini vaqtinça töxtatib turiş huquqi berildi. Rasman faoliyatini töxtatgan korxonalar va ularning yollanma xodimlariga nisbatan soliqlar hisoblanişi töxtatiladi. Bu haqda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini mustahkamlaşga hamda tadbirkorlik sub’ektlarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda belgilangan.
Uşbu hujjatga muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti mulkdorning öz arizasi asosida faoliyatini vaqtinça töxtatişi mumkin böladi. Buning uçun röyxatdan ötkazuvçi organga murojaat qiliş yoki tadbirkorlik sub’ektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimidan foydalaniş talab etiladi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunga kiritilgan yangi 42-1-moddaga köra, tadbirkorlik sub’ektining faoliyati vaqtinça töxtatilgani haqidagi ma’lumotlar soliq organlariga avtomatik ravişda yuboriladi.
Bunda röyxatdan ötkazuvçi tegişli organ ma’lumotlarni ariza kelib tuşganidan keyingi iş kuni yakunigaça soliq organlariga taqdim etişi şart.
Şuningdek, hujjat bilan tadbirkorlik sub’ekti öz faoliyatini rasman töxtatgan davrda soliq va statistika hisobotlarini topşirmaydi. Şuningdek, korxonaning öziga va uning har bir yollanma xodimiga nisbatan soliqlar hisoblanişi töxtatiladi. Biznes faoliyatini qayta tiklaş ham xuddi şu tartibda amalga oşiriladi. Buning uçun tadbirkor röyxatdan ötkazuvçi organga ariza berişi yoki avtomatlaştirilgan tizimdan foydalanişi mumkin.
Bundan taşqari, mazkur qonun bilan nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik faoliyatini majburiy töxtatib turiş vakolatlariga ham çeklovlar kiritilgan. Unga köra, nazorat organlari biznes faoliyatini faqat odamlarning hayoti va soğliğiga yuqori darajada xavf tuğdiradigan omillar mavjud bölgan taqdirda köpi bilan 10 iş kuniga töxtatişi mumkin.
Faoliyatni 10 iş kunidan ortiq, biroq olti oydan oşmagan muddatga töxtatib turişga faqat sud qarori asosida yöl qöyiladi.
Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan joriy yilning 14 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 8 avgustda ma’qullangan edi. Endi hujjat rasman e’lon qilinganidan uç oy ötib, ya’ni 18 noyabrdan kuçga kiradi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr