Ronaldu yangi biznesga 10 mln yevro pul tikdi 

Sport

−

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu mineral suv ishlab chiqarishga 10 million yevro sarmoya kiritdi. Bu haqda “Sic Noticias” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi biznesda futbolchining hamkori Grupo Ouhterinho kompaniyasi bo‘lib, u ham shuncha miqdorda mablag‘ ajratgan. Loyihaga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi yigirma million yevroga yetgan. Suv qazib olishni Bragansada (Portugaliya) tashkil etish rejalashtirilgan.

Zavod qurilishini yakunlash va brendning bozorga chiqishi 2027 yil oxirigacha amalga oshishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Ronaldu 2023 yilning yozida Madridda taqdim etilgan “Ursu9” suv brendining ham hammuassisi hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Ronaldu hozirda terma jamoadagi gollar va o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekorchisi bo‘lib qolmoqda: u 233 ta rasmiy uchrashuvda 146 ta gol urgan. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing