Yevro-2020. Keyingi bosqichga muddatidan avval chiqqan 3 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Sport 1996
image

Kecha, 18 iyun kuni Yevropa Chempionati doirasida “B” hamda “D” guruhlarida umumiy 3 ta uchrashuv o‘tkazildi. Ukraina Makedoniya bilan bo‘lib o‘tgan qiyin bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, Belgiya Daniyani kichik “kambek” evaziga 1:2 hisobida ortda qoldirdi, Niderlandiya esa Avstriyani 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

2-turdan so‘ng “A”, “B” hamda “S” guruhlarida keyingi bosqichga muddatidan avval yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Italiya, Belgiya hamda Niderlandiya nimchorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bugun ham turnir doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shvetsiya Slovakiyani, Xorvatiya Chexiyani o‘z maydonida qabul qilsa, Shotlandiya Angliya maydoniga safar uyushtiradi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 29
Reyting: 3.2
t
×