Biz Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini yuqori baholaymiz – Aliyev
Olam
−
26 aprel
2234Baku Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida olib borilayotgan tinchlik muzokaralarini yuqori baholaydi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 26 aprel kuni Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari yaqinda Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Sholsning taklifiga binoan Germaniyada uchrashganini eslatdi.
“Keyingi uchrashuv Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa biz tinchlik shartnomasini imzolash yo‘lida qo‘shimcha qadamlar tashlamoqdamiz”, deydi Aliyev.
Prezidentning ta’kidlashicha, tinchlikka erishish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Shuningdek, u 26 aprel kuni ertalab Ozarbayjonda joylashgan Rossiya-Turkiya qo‘shma monitoring markazi faoliyatini to‘xtatganini ta’kidladi.
“Ya’ni tinchlikka erishish uchun juda yaxshi imkoniyatlar mavjud. Bu borada bizga yordam berishni istagan davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”, degan Aliyev.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 fevral kuni Berlinda Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan va Jayhun Bayramov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Yerevan va Baku delegatsiyalarining muzokaralari 17 fevral kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Germaniya kansleri Olaf Shols o‘rtasidagi uch tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvga muvofiq amalga oshirilgan.
LiveBarchasi