Germaniyalik ekspertlar Usmonovga qarşi tergovning qonuniyligiga şubha bildirdi
Olam
−
12:04 106 4 daqiqa
Ekspertlar rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga nisbatan Germaniyada soliq tölaşdan böyin tovlaş gumoni bilan olib borilayotgan tergovning qonuniyligiga şubha bildirdi. Bu haqda “Welt” xabar berdi.
Naşr ixtiyoriga kelib tuşgan soliq jinoyat huquqi sohasidagi uç nafar mutaxassisning xulosasida Germaniya tergov organlariga nisbatan qator e’tirozlar mavjud. Ekspert xulosasi mualliflari tergov jarayonlari qonunbuzarliklar bilan olib borilmoqda va u tugatilişi kerak, deb hisoblamoqda.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Alişer Usmonovni sanksiyalar röyxatidan çiqargan edi. 2022 yildan buyon biznesmen hisobvaraqlarining muzlatilişi, kirişga taqiq va boşqa çeklovlar yuzasidan bahslaşib kelayotgandi. Natijada uning pozitsiyasini Germaniya Federal oliy sudi qöllab-quvvatladi. Biznesmenga nisbatan Germaniyada olib borilgan parallel tergovlarning aksariyati, jumladan, 10 million yevro tölanganidan söng tugatilgan. Soliq tölaşdan böyin tovlaş töğrisidagi iş esa davom etmoqda.
Ekspertlarning ma’lumotlariga köra, tergov harakatlarini boşlaşga Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boşqarmasiga (BKA) kelib tuşgan anonim xabar sabab bölgan. Unda soliq jinoyati emas, balki sanksiyalar rejimi buzilişi ehtimoli haqida söz borgan. Gumon ostiga tuşgan şaxsning ismi hujjatda tilga olinmagan.
Dastlab tergov sudyasi gumon qiliş uçun yetarli asoslar yöqligi sababli Usmonovnikida tintuv ötkazişni rad etgan, şundan söng tergovçilar boşqa tuman sudiga murojaat qilgan.
Xulosa mualliflari tölanmagan soliqlarning taxminiy miqdorini baholaşdagi noaniqlikka ham işora qilgan: iş materiallarida bu summa millionlardan milliardlab yevrogaça özgarib turadi. Şu bilan birga, ularning baholaşiça, tergov işonarli dalillarni ham, tuşunarli izohlarni ham taqdim etmagan. Bilvosita dalillar orasida mehmonxonada yaşaş, avtomobillar va xizmat körsatuvçi xodimlarning mavjudligi, şuningdek, ijara şartnomalari qayd etilgan. Ayni paytda Usmonovning Moskvadagi manzili Google Street View ma’lumotlari asosida ayblanuvçining “hayotiy muhiti”ni taşkil etuvçi joylar qatoridan çiqarib taşlangan.
Bundan taşqari, ekspertlarning ta’kidlaşiça, tergovçilar tadbirkor foydasiga guvohlik berişi mumkin bölgan materiallarni inobatga olmagan. Xususan, gap viza hujjatlari, guvohlarning körsatmalari, Rossiya soliq hujjatlari va Germaniya soliq boşqarmasining uning rezidentligi töğrisidagi ma’lumotlari haqida ketmoqda.
Jumladan, xorijiy sud organlaridan biri Germaniya hukumatining sörovini “fishing expedition” – aniq gumon asoslarisiz “dalillarni nomaqbul, maqsadsiz qidiriş” deb atab, rad etgan. Boşqa bir holatda esa Yevropa davlati rasmiylariga tergov tomonidan hali tasdiqlanmagan da’volar “aniqlangan faktlar” sifatida taqdim etilgan.
Ekspertlar tergov harakatlari muddatlariga ham e’tibor qaratgan. Tintuvlar çoğida mingga yaqin hujjatlar jildlari va bir neça terabayt ma’lumotlar olib qöyilgan bölib, ularni dastlabki örganiş tört yil davom etgan. Bu esa “mutanosiblik tamoyiliga zid”. Himoya tomoni iş materiallaridan töliq foydalaniş imkoniyatini faqat ikki yildan keyin qölga kiritgan, ayrim hujjatlar esa undan keyin ham yopiqligiça qolgan.
“Şu bilan birga, soliq tergoviga oid hujjatlarning bir qismi şundan keyin ham himoya tomoni uçun yopiqligiça qolgan. Olib qöyilgan ayrim ma’lumotlarga himoya tomoni tintuvlar ötkazilganidan uç yildan köproq vaqt ötgaçgina kiriş imkoniga ega bölgan”, deyiladi hujjatda.
Xulosa mualliflari tergov organlari avvalgi versiyalarni işonarli dalillar bilan mustahkamlamasdan turib, gumonlar doirasini kengaytirayotganini ta’kidlamoqda. Ular, şuningdek, Usmonovga nisbatan uning yaşaş joyi haqidagi taxminlarga asoslangan yangi işga ham işora qilgan – bu borada tergovçilarning özlari ham yakdil fikrga kela olmagan.
“Agar tört yildan ortiq vaqt ötgaç ham asosiy soliq-huquqiy masalalarni ayblanuvçi foydasiga hal qilib bölmagan bölsa, bu jinoyat sodir etilganligida gumon qiliş uçun yetarli asoslar mavjud emasligidan dalolat beradi”, deyiladi hujjatda.
Eslatib ötmiz, avvalroq “Die Welt” naşri Alişer Usmonovning Yevropa Ittifoqiga qarşi sud jarayonida erişgan muhim huquqiy ğalabasi haqida maqola e’lon qilgandi.
Live
Barchasi