Germaniyada 40 tonnali Karl Marksning boşi oçiladi

Olam

−

image

Germaniyaning Xemnits şahrida Karl Marksning 40 tonnali bronza haykali içki tuzilişini tekşiriş maqsadida oçiladi. Mutaxassislar restavratsiya işlaridan oldin yodgorlikning içki konstruksiyasi va texnik holatini örganadi. Bu haqda DW naşri xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, balandligi 7 metrdan oşadigan haykalni oçiş işlari kelasi haftaga rejalaştirilgan. Keça, 20 noyabr kuni esa yodgorlik atrofida quriliş havozalarini örnatiş boşlangan.

Mutaxassislar bronza qobiq pölat karkasga mahkamlanganmi yoki faqat boltlar yordamida biriktirilganmi, degan savolga javob topişi kerak. Haykalning çizmalari saqlanib qolganiga qaramay, uning içki tuzilişi hozirgaça töliq aniqlanmagan.

Qayd etilişiça, 1 iyul kuni mutaxassislar haykalning biriktiruvçi çoklari tarkibini aniqlaş va bronza qismlarga zarar yetkazmasdan oçiş texnologiyasini tanlaş uçun material namunasini olgan.

Mazkur yodgorlik sovet haykaltaroşi Lev Kerbel tomonidan yaratilgan bölib, 95 ta bronza qismdan iborat. Uning qismlari Leningradda quyilgan va balandligi 4,5 metr bölgan granit poydevorga örnatilgan. Haykal 1971 yil 9 oktyabr kuni, şahar Karl-Marks-Ştadt deb atalgan vaqtda oçilgan.

1990 yilda şaharga uning tarixiy nomi Xemnits qaytarilgaç, haykalni buzib taşlaş masalasi ham muhokama qilingan. Biroq bu taşabbus şahar aholisining köpçiligi tomonidan qöllab-quvvatlanmagan. Şu yili yodgorlik Saksoniya hududidagi davlat muhofazasiga olingan madaniy obidalar röyxatiga kiritilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrning Nil deltasi hududidagi qişloqda qariyb 3 ming yil davomida yer ostida qolib ketgan ikkita ulkan fir’avn haykalining qoldiqlari topilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing