Germaniyada 4 yaşar bolalar uçun majburiy test joriy etiladi
Olam
−
19:36 117 1 daqiqa
2029 yildan boşlab Germaniyada tört yoşli bolalar nemis tilini biliş darajasini aniqlovçi test topşirişi şart böladi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qonun loyihasi mualliflarining fikriça, bunday test sinovlari barça uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaydi, çunki muammolar aniqlangan taqdirda bolalarga maqsadli yordam körsatiladi.
Bunday tartib-taomillarni joriy etiş hukumat tomonidan tayyorlangan va Bundestag tomonidan nomma-nom ovoz beriş yöli bilan qabul qilingan qonunda nazarda tutilgan. Kelajakda bolalar maktabga borguniga qadar uşbu sohada ham zarur yordam körsatiş maqsadida boğçalarda matematika böyiça bilimlar ham baholanadi.
Muxolifat va federal yerlar hukumatdan qöşimça mablağ söramoqda, çunki test ötkaziş va bolalarni qöllab-quvvatlaş köp sonli malakali mutaxassislarni talab qiladi. Bolalar boğçalari federal yerlar vakolati doirasiga kirgani sababli, uşbu qonun Bundesrat darajasida yana özgartirilişi mumkin.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr