Volkswagen işçilari qora tobutlar bilan namoyişga çiqib, iş taşlaş bilan tahdid qildi (video)

Olam

−

visibility1895 timer3 daqiqa

image

Germaniyaning Emden şahrida Volkswagen zavodi işçilari kompaniyaning xarajatlarni qisqartiriş rejasiga qarşi norozilik namoyişi ötkazdi. Ular qöllarida qora tobutlar kötarib çiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 24 noyabr kuni bölib ötgan namoyişda qariyb 4,5 ming nafar işçi qatnaşgan. Tobutlar kompaniya kelajagining barbod bölayotganini anglatgan. Ayrim tobutlarga “Kelajak” va “Işonç” sözlari yozilgan.

Volkswagen Germaniyadagi 120 ming nafar xodimining iş haqlarini 2027 va 2028 yillarda muzlatib qöyişni, şuningdek, bir qator imtiyozlarni qisqartirişni taklif qilmoqda. Kompaniya kasaba uyuşmasi bilan erişilgan 35 soatlik iş haftasi böyiça kelişuvga ham özgartiriş kiritmoqçi. Unga köra, zarurat tuğilganda xodimlar qöşimça vaqt işlab, buning uçun alohida haq olmasligi mumkin.

Bundan taşqari, rahbariyat boşqaruv xodimlari uçun maxsus iş haqi kelişuvlarini hamda kompaniyada 25 va 35 yil işlagan xodimlarga beriladigan mukofotlarni bekor qilişni rejalaştirmoqda.

IG Metall kasaba uyuşmasi vakillari va kompaniya rahbariyati örtasidagi dastlabki muzokaralar atigi ikki soat davom etgan. Tomonlar 15 dekabr kuni yana uçraşadi. Bu kelasi yil 1 yanvardan iş taşlaşlar boşlanişi mumkin bölgan muddatdan oldingi sönggi kelişuv imkoniyati hisoblanadi.

Kasaba uyuşmasining boş muzokaraçisi Torsten Gryoger muzokaralar jarayoni taşqaridagi ob-havodan ham sovuqroq keçganini aytgan. Işçilar kengaşi rahbari Daniela Kavallo esa kompaniya yondaşuvini keskin özgartirmasa, vaziyat yanada keskinlaşişini bildirgan.

Qayd etilişiça, Volkswagen Xitoy işlab çiqaruvçilari bilan kuçayib borayotgan raqobat, bojxona tariflari va texnologik özgarişlar sabab xarajatlarni qisqartirişga urinmoqda. Kompaniya global miqyosda 100 mingta iş örnini qisqartirişni rejalaştirgan. Germaniyadagi törtta zavod esa kelgusi ön yillik boşlarida yopilişi mumkin bölgan korxonalar qatoriga kiritilgan.

Volkswagen va IG Metall örtasidagi ziddiyat kompaniya boş direktori Oliver Blumening qayta taşkil etiş rejasi fonida kuçaygan. Tomonlar 2024 yilda 35 mingta iş örnini qisqartiriş evaziga xodimlar bandligi va investitsiyalarni kafolatlaş böyiça kelişuvga erişgan edi.

Şundan beri Volkswagen’ning Xitoydagi savdosi yanada pasaygan. Kompaniyaning joriy yildagi operatsion foyda marjasi 1 foizdan oşmasligi kutilmoqda. 2024 yilda bu körsatkiç 5,9 foizni taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Italiyada minglab işçilar, xizmatçilar va talabalar Jorja Meloni hukumati siyosati hamda 2027 yilgi byudjet loyihasiga qarşi norozilik aksiyalariga çiqqani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing