Yevropa qişga gaz zaxiralarisiz kirmoqda: narxlar keskin oşdi

Olam

−

visibility641 timer2 daqiqa

image

Yevropada tabiiy gaz narxi bir kunda 8,6 foizga oşib, bir megavatt-soat uçun 96 yevroga yetdi. Bunga gaz omborlaridagi zaxiralarning kamligi, mavsumiy talabning ortişi va havo keskin sovişi haqidagi prognozlar sabab bölgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, bugun, 23 noyabr kuni gaz fyuçerslarining asosiy narxi 8,6 foizga kötarilgan. Sinoptiklar Yevropaning şimoli-ğarbiy qismida sovuq ob-havo dekabr boşigaça saqlanib qolişidan ogohlantirmoqda. Joriy haftada havo harorati sönggi 30 yildagi örtaça körsatkiçdan 3–5 darajaga, dekabr boşida esa 5–8 darajaga past bölişi kutilmoqda.

Şuningdek, Germaniya, Daniya va Niderlandiyada şamol tezligi pasayişi prognoz qilinmoqda. Bu esa şamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining qisqarişiga olib kelişi mumkin.

Yevropa gaz omborlaridagi zaxiralar hozirdanoq odatdagidan ança kam. Bundan taşqari, qit’aga quvurlar orqali eng köp gaz yetkazib beruvçi Norvegiyada ta’minot bilan boğliq uzilişlar kuzatilmoqda. Yaqin Şarqda esa AQŞ va Eron örtasidagi uruş sabab gaz eksporti çeklangan. Ma’lum qilinişiça, bu hafta Osiyoda ham havo sovişi kutilmoqda. Bu esa suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib beriş böyiça raqobatning yanada kuçayişiga olib kelişi mumkin.

“Bloomberg” ma’lumotlariga köra, Yevropa bu yil qiş mavsumi uçun yetarli miqdorda gaz zaxirasini töplay olmagan. Avvalroq, naşr yoz mavsumida AQŞ va Eron örtasidagi uruş sabab gaz narxi keskin oşgani haqida xabar bergan. Öşa vaqtda hukumatlar va kompaniyalar narxlar arzonlaşişini kutib, gaz xarid qilişga şoşilmagan.

Biroq mojaro çözilib ketgan. Kuz boşiga kelib, gaz narxi bir yil avvalgiga nisbatan ikki baravar qimmatlaşgan. Sentyabr oyida tahlilçilar qiş mavsumida gaz narxi bir megavatt-soat uçun 100 yevrodan oşişi mumkinligini prognoz qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing