Yevropa Moskva bilan Ukraina böyiça muzokara ötkaziş şartini ma’lum qildi

Olam

−

visibility194 timer2 daqiqa

image

Yevropa delegatsiyasi Moskvaga taşrif buyuriş taklifidan xabardor, biroq Yevropa xavfsizligi masalasidagi muzokaralar faqat Ukrainada öt oçiş töxtatilganidan keyin boşlanişi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda Yevropa komissiyasi vakili Paula Pino bugun, 23 noyabr kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda ma’lum qildi.

Paula Pino Yevropa tomoni köp tomonlama uçraşuvlarga e’tibor qaratişda davom etişini va faqat şu formatda iştirok etişga tayyorligini bildirgan.

Uning qöşimça qilişiça, Yevropa xavfsizlik arxitekturasi böyiça muhokamalar faqat harbiy harakatlar töxtatilganidan keyin, NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari iştirokida boşlanişi mumkin.

Ma’lumotlarga köra, joriy yilning 20 noyabr kuni Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Ryabkov Rossiya Ukraina mojarosini hal qiliş masalalarini muhokama etiş uçun Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya vakillarining Moskvaga taşrifini körib çiqayotganini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni diplomatik kanallar orqali taklifnoma yuborgan va hozirda Yevropa davlatlaridan javob kutmoqda.

Şuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar ötkazişga qarşi emasligini, biroq avval Yevropa tomoni öz pozitsiyasini aniqlaştirib olişini istaşini bildirgan.

Bundan oldinroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina böyiça muzokaralarda iştirok etiş uçun Yevropa tinçlikni istaşi kerakligini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar 2022 yildan 2026 yil oktyabr oyi örtalariga qadar Ukrainaga qariyb 231,5 milliard yevro miqdorida yordam ajratganganligi haqida xabar berilgan edi. Şu davrda Yevropa davlatlaridan Rossiyaga energiya resurslari, jumladan, gaz uçun 232,05 milliard yevro tölangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing